Abu-Dabidagi (BAA) “Jangchilar oroli”da Toshkent vaqti bilan 24-yanvar, yakshanba tongida UFC 257 musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Kollaj: “Daryo”

22-yanvar kuni musobaqa ishtirokchilari tarozidan o‘tdi va nigohlar to‘qnashuvida qatnashdi. Kechaning asosiy jangi ishtirokchilari belgilangan vaznni qayd eta oldi. Konor Makgregor 70,3 kilogramm tosh bosgan bo‘lsa, Dastin Porye undan ozgina og‘irroq chiqdi — 70,8 kilogramm.

O‘zbekistonlik yakkakurashchi Mahmud Murodov va uning raqibi Endryu Sanches me’yorni bajara oldi — 84,4 kilogramm.

Vazn o‘lchash marosimi natijalari bilan tanishing:

Asosiy kard:

  • Dastin Porye (70,8 kg) — Konor Makgregor (70,3 kg)
  • Den Huker (70,8) — Maykl Chendler (70,8)
  • Jessika Ay (57,1) — Joann Koldervud (57,1)
  • Marina Rodriges (70,8) — Amanda Ribas (70,8)

Prelim kard:

  • Bred Tavares (84,1) — Antonio Karlos (84)
  • Julianna Penya (61,7) — Sara Makmenn (61,2)
  • Endryu Sanches (84,4) — Mahmud Murodov (84,4)
  • Nik Lens (68) — Movsar Yevloyev (68)
  • Amir Albazi (57,1) — Jalgas Jumagulov (57,1)

Mavzuga doir: