Daryo

UFC 257. Konor Makgregor va Dastin Porye jangdan qancha pul ishlab olishi ma’lum bo‘ldi

Porye faoliyatidagi eng katta gonorarga ega chiqadi

1 daqiqa o‘qish70 084 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Toshkent vaqti bilan 24-yanvar, yakshanba kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Jangchilar oroli”da UFC 257 musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Foto: Getty Images

Musobaqaning asosiy jangida yengil vazn toifasi yulduzlari Konor Makgregor (22-4) va Dastin Porye (26-6) o‘zaro to‘qnash keladi.

Irlandiyalik yakkakurashchi 5 million dollar miqdorida kafolatlangan gonorarga ega bo‘ladi. Shuningdek, Konor pullik translyatsiyalardan ulushga ega bo‘ladi. Bu miqdor 20 million dollargacha yetishi mumkin, deya xabar qilmoqda The Independent.

Poryening gonarari 1 million dollarga teng, shuningdek, u ham translyatsiyalardan ulushga ega bo‘ladi. Bu amerikalik jangchi faoliyatidagi eng yuqori gonorar hisoblanadi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar