Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangan Botir Zaripovga bildirilgan “ishonch har doim qulog‘i ostida turishi” kerakligini uqtirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashining 22-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari 25-sessiyasida nomzodi prezident tomonidan tavsiya qilingan Botir Zaripov Buxoro viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi. Zaripov 2020-yil 7-noyabrdan beri viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi edi.

“Buxoroi sharifdek joyga, uning buyuk xalqiga rahbar bo‘lish hammaga ham nasib etmaydi. Ana shu ishonch doim qulog‘ingiz ostida tursin. Kunlar, yillar shiddat bilan o‘tadi. Agar buxoroliklar ‘viloyatimizga to‘g‘ri kadr kelgan ekan’, deb rozi bo‘lsa, men ham o‘zimni baxtiyor sezaman”, — deya Mirziyoyevning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda prezident matbuot xizmati.

Xabar berishlaricha, yig‘ilish davom etmoqda.