Londondagi Dizayn muzeyi Real San Fratello Teeter-Totter Wall arxitektura studiyasi tomonidan AQSh va Meksika o‘rtasidagi chegarada qurilgan pushtirang arg‘imchoqlarni “2020-yilning dizayni” mukofotiga loyiq ko‘rdi, deb xabar beradi Harper’s Bazar.

Foto: Harper’s Bazar

Mazkur installyatsiya chegaraning turli taraflaridagi insonlarni birlashtirishga chaqirishi va ikki mamlakat fuqarolarini ajratish borasidagi siyosatga qarshilik razmi bo‘lishi kerak edi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh va Meksika o‘rtasidagi devorni qurish ishlari Donald Trampning prezidentlik davrida boshlangan. U meksikalik muhojirlarning Amerikaga kelishining oldini olish maqsadida bir necha bor chegarada devor qurish bilan tahdid qilgan.

Arxitektura studiyasining ishi qurilganidan 40 daqiqa o‘tib, chegarachilar tomonidan olib tashlangan.

“Ko‘pchilik Jo Baydenning prezidentligi boshlanganida ushbu installyatsiyaning g‘alabasini ko‘rdi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Jo Bayden Donald Trampning prezidentligi davrida qabul qilingan bir qator qarorlarni bekor qilgani, xususan, ular orasida AQSh va Meksika o‘rtasidagi devorni qurish ishlari to‘xtatilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.