• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ayrim avtomobil ishlab chiqaruvchilarga berilgan imtiyozlar va eksklyuziv huquqlarni qisqartirishimiz kerak” — MQKQ rahbari

    O‘zbekistondagi ayrim avtomobil ishlab chiqaruvchilar berilgan imtiyoz va preferensiyalarni qisqartirish va bozorning barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlarni yaratish kerak. Bu haqda 13-yanvar kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi rahbari Najmiddinxo‘ja Sharipov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev xususiy investorlar mamlakatda umumiy qiymati 276 million dollarlik 8 ta loyihani amalga oshirish taklifini bildirayotganini ma’lum qilgan. U “O‘zavtosanoat” faoliyatini transformatsiya qilish, ishlab chiqaruvchilar uchun teng sharoitlar yaratish va sanoat mashinalarini yig‘ish bo‘yicha nizomni tasdiqlatish uchun ofis yaratish topshirig‘ini bergan.

    “Avtomobil sanoati mamlakatimiz iqtisodiyotining eng muhim sohalaridan biri hisoblanadi. Bir tarafdan ushbu soha ko‘plab ish o‘rinlarini yaratadi, zavodlarimiz atrofida ko‘plab ishlab chiqarish korxonalari shakllanmoqda, yildan yilga soliq to‘lovlari ko‘paymoqda. Boshqa tarafdan esa avtomobil ishlab chiqaruvchimiz bozordagi monopol mavqeini saqlab kelyapti”, — deydi Najmiddinxo‘ja Sharipov.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, Prezident mazkur sohadagi raqobatni kuchaytirish va bozorning barcha ishtirokchilari uchun teng sharoit yaratish topshirig‘ini bergan.

    “Ya’ni mazkur sohada imtiyoz beriladigan bo‘lsa, ushbu imtiyoz barcha korxonalarga taalluqli bo‘lishi kerak. Raqobatni rivojlantirish uchun ayrim ishlab chiqaruvchilarga berilgan imtiyozlar va eksklyuziv huquqlarni qisqartirishimiz, shuningdek, barcha korxonalarni teng sharoitlar bilan ta’minlashimiz kerak”, — deydi qo‘mita rahbari.

    Najmiddinxo‘ja Sharipovning ma’lum qilishicha, Prezident tomonidan qo‘yilgan vazifalarni bajarishda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi birinchi navbatda, iste’molchilar manfaatidan kelib chiqadi.

    “O‘zavtosanoat” raisi Shavkat Umrzoqovning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda avtomobillarni sanoat yig‘ishi bo‘yicha nizom ishlab chiqilib, qabul qilinadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu O‘zbekistonga “tannarx borasidagi ochiq raqobatni, istiqbolda avtombil sohasi jozibadroligini oshirish”ga yordam beradi.

    Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri o‘rinbosari Bobur Abdunazarovning ta’kidlashicha, vazirlik avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi texnikasi tarmog‘ini transformatsiya qilishga mas’ul etib belgilangan.

    Avvalroq “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati 2010–2020-yillarda to‘langan soliqlar dinamikasini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, 2018-yildan 2020-yilgacha “O‘zavtosanoat” tarkibiga kiruvchi korxonalar 9 trillion so‘mdan ortiq soliq to‘lagan. Shuningdek, “O‘zavtosanoat” tizimidagi avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan 2020-yil davomida yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun belgilangan yig‘imlar to‘lanmagan. Masalan, UzAuto Motors tomonidan 2020-yilning yanvar—sentabr oylarida 582,6 milliard so‘m yig‘im to‘lanmagan.

    Mavzuga doir: UzAuto Motors 562 mlrd so‘mlik daromaddan quruq qolganida jamoatchilikni aybdor qildi

    14.01.2021, 17:56   Izoh (0)   29755
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Bu kutilmaganda sodir bo‘ldi, biroq hali nuqta qo‘yilgani yo‘q”. Roman Sayfulin Compass va Samarqand Darvoza’dagi Makro va Carrefour haqida

    14.01.2021, 16:40

    Inomjon Majidov O‘zbekiston Milliy universiteti rektorligiga tayinlandi

    14.01.2021, 15:46

    Foto: Toshkentning “Xalqlar do‘stligi” maydonidagi harbiy texnika va qurol-aslaha ko‘rgazmasi

    14.01.2021, 14:53

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylarni orden va medallar bilan mukofotladi (to‘liq ro‘yxat)

    14.01.2021, 14:38

    O‘zbekistonda 15-yanvar kuni havo harorati 20 darajagacha ko‘tariladi

    14.01.2021, 14:09

    Video: O‘zbekiston qiruvchi samolyotlari

    14.01.2021, 13:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10

    Olimlar Fransiyada minglab dinozavr tuxumlarini topdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:50

    Ukraina AQSH yordamisiz qancha vaqt Rossiyaga qarshi tura olishi ma’lum qilindi

    Dunyo | 2 iyul, 23:35

    JSST dunyo mamlakatlarini tamaki va alkogol narxlarini oshirishga chaqirdi

    Dunyo | 2 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 2-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 2 iyul, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.