Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining 1/8 finalida “Milan” 12-yanvar, seshanba kuni “Torino”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning asosiy vaqti va qo‘shimcha bo‘limlarda hisob ochilmagach, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Unda omad milanliklarga kulib boqdi.

Shu tariqa Stefano Pioli jamoasi ilk chorak finalchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodovning jamoasi — “Jenoa” ushbu bosqichda “Yuventus”ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 13-yanvardan 14-yanvarga o‘tar kechasi 00:45 da boshlanadi.

Italiya Kubogi

1/8 final bahsi

12-yanvar, seshanba

“Milan” — “Torino” 0:0

Penaltilar seriyasi 5:4

“Milan”: Teterushanu, Diogu Dalot, Musakkio (Kessie, 63), Kalulu, Kalabriya (Teo, 63), Tonali, Kastilyexo (Heuge, 46), Brahim Dias (Olser, 105), Romanyoli, Ibragimovich (Chalxono‘g‘lu, 46), Rafael Leau.

“Torino”: Milinkovich-Savich, Voyvoda (Voynovich, 84), Nkulu, Buonjorno, Ansaldi (Murru, 63), Linetti (Singo, 63), Segre, Goyak, Rinkon, Bremer (Lukich, 84), Zaza (Belotti, 90).

Ogohlantirishlar: Rinkon (27), Linetti (29), Zaza (47), Donnarumma (72), Tonali (85), Lukich (101), Kessie (112), Voynovich (115), Goyak (118).

Chetlatish: Donnarumma (72).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!