“Barselona” va “Inter” klublari sobiq hujumchisi Samyuel Eto’O murabbiylar Pep Gvardiola va Joze Mourinyoni o‘zaro solishtirdi.

Foto: Getty Images

Ulardan qaysi birinidir yaxshiroq deb bo‘lmaydi. Bu uslublar to‘qnashuvi. Har birida o‘ziga xos uslub bor, men Mourinyonikini ma’qul ko‘raman.

Menga ko‘proq Jozening uslubi yoqadi, biroq Pep — top-murabbiy. Shu sabab ulardan aynan yaqqol birini ajratib ko‘rsatib bo‘lmaydi. Biroq shu aytishim joiz, hech qaysi murabbiy Joze Mourinyodek o‘yinchilarga motivatsiya berolmaydi.

Hozirda ko‘plab murabbiylar paydo bo‘lgan, ularning har biri o‘zgacha uslubga ega, biroq motivatsiya va o‘z o‘yinchilarini maksimal darajada harakat qildirish borasida gapiradigan bo‘lsak, u holda bu — Mourinyo. Men uchun treblda Joze o‘ziga xos bo‘lgan.

Samyuel Eto’O, sobiq futbolchi

Eto’O Yevropa top-5 lik ligalari tarixida ikki xil klub safida trebl qayd etgan yagona futbolchi hisoblanadi. U bu ishni 2008/09-yilgi mavsum Gvardiolaning “Barselona”si va 2009/10-yilgi mavsumda Mourinyoning “Inter”i bilan qayd etgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!