Daryo

Gretsiyada COVID-19’ga qarshi vaksinani maxsus kuchlar va minglab politsiyachilar qo‘riqlamoqda

Politsiya dorilarni saqlash bo‘yicha maxsus reja ishlab chiqdi

1 daqiqa o‘qish39 652 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Greek Reporter”

Gretsiya 25-dekabr kuni Pfizer hamda BioΝTech tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi 9750 dona dozasini sotib oldi. Shundan so‘ng politsiya dorilarni saqlash bo‘yicha maxsus reja ishlab chiqdi, u aksilterror birliklar va minglab politsiyachilar yordamida amalga oshirilmoqda, deya xabar berdi “Korrespondent.net”.

Foto: Greek Reporter

Ta’kidlanishicha, vaksinalar dori-darmonlarni saqlash uchun barcha talablarga javob beradigan maxsus xonalarda saqlanadi. U yerdan ular 450 ta emlash markaziga tarqatiladi.

Hukumat vakili Stelios Petsasning so‘zlariga ko‘ra, Gretsiya birinchi transhda 300 ming doza COVID-19 vaksinasini olishni kutmoqda. Dastlab, mamlakat 150 ming kishini emlashni rejalashtirgan.

Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlari bir vaqtning o‘zida vaksinalarni qabul qildi. 27-dekabr kuni ittifoq hududida ommaviy emlash boshlanadi. Ittifoq Pfizer vaksinasini foydalanish uchun ma’qullagan.

Hozirgacha Buyuk Britaniyada, Rossiyada, AQShda, Shveysariyada hamda BAAda ommaviy emlash boshlandi. Fransiyada emlash 27-dekabrdan boshlanishi kutilmoqda.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar