Daryo

Shveysariyada koronavirusga qarshi emlash boshlandi

Birinchi vaksinani Lyusern shahridagi qariyalar uyida yashovchi 90 yoshli ayol oldi

1 daqiqa o‘qish21 294 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Swiss Info

Shveysariyada 23-dekabr kuni Pfizer/BioNTech preparati bilan koronavirusga qarshi birinchi vaksinatsiya amalga oshirildi. Birinchi vaksinani Lyusern shahridagi qariyalar uyida yashovchi 90 yoshli ayol oldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net” Swiss Info’ga tayanib.

Foto: Swiss Info

Vaksinatsiyaning asosiy dasturi mamlakat doirasida 4-yanvardan boshlanadi. Vaksina birinchi navbatda yuqori xavf guruhga kiradigan kishilar (75 yoshdan oshgan, surunkali kasalliklarga chalinganlar, so‘ng 65 yoshdan kattalar); tibbiyot xodimlar yoki bemorni parvarishlayotgan shaxslar; yuqori xavf ostida bo‘lgan odamlar bilan doimiy muloqotda bo‘ladigan kishilar, kasallik o‘chog‘i yuzaga kelishi xavfi yuqori bo‘lgan jamoat muassasalarida yashaydigan yoki ishlaydiganlarga qilinadi.

Bir necha kun avval Shveysariya sog‘liqni saqlashni tartibga soluvchi organi Pfizer/BioNTech vaksinasini tasdiqladi va bu vaksinaning buyurtma qilingan 3 million dozasidan 107 ming dozasi yetkazib berishga yo‘l ochdi.

Mamlakatda boshqa vaksinalar, jumladan, Moderna va AstraZeneca kompaniyalari vaksinalari ko‘rib chiqilmoqda. 8,5 million aholisi bo‘lgan Shveysariya ushbu kompaniyalar va Pfizer/BioNTech kompaniyalariga 15,8 million doza vaksinaga buyurtma qilgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasini butun dunyo bo‘ylab tarqatish noyabr oyi oxiridan boshlandi. Britaniya dunyoda birinchi bo‘lib ushbu kompaniya vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi. Bundan tashqari, AQSh, Bahrayn, Meksika, Kanadada foydalanish uchun tasdiqlangan. Yevropaning dori vositalari bo‘yicha agentligi (EMA) Yevropa Ittifoqida Pfizer va BioNTech kompaniyalari tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksinadan foydalanishga ruxsat berishni tavsiya etgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar