Daryo

Fransiyada koronavirusga qarshi emlash 27-dekabrda boshlanadi

Vaksinatsiya ko‘ngilli tarzda bo‘ladi, birinchi bo‘lib “fuqarolarning eng zaif guruhi” emlanadi

1 daqiqa o‘qish11 858 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Getty Images

Fransiyada 27-dekabr, yakshanba kunidan fuqarolar koronavirusga qarshi emlana boshlaydi, deb yozadi “Kommersant” respublika ijtimoiy masalalar va sog‘liqni saqlash vaziri Olivye Veranga tayanib. Vaksinatsiya ko‘ngilli tarzda bo‘ladi, birinchi bo‘lib “fuqarolarning eng zaif guruhi” emlanadi, deya aniqlik kiritdi vazir.

Foto: Getty Images

“Yakshanba kuni biz Fransiyada emlashni boshlaymiz. Birinchi navbatda virusga eng chalinuvchan fuqarolar emlanadi”, — deb yozdi Veran Twitter’da. Ta’kidlanishicha, vaksinatsiyadan oldin fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi va ularning roziligi olinadi.

Veranning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatda virus tarqalishi sur’atlari pasaygani yo‘q. U fuqarolarni Rojdestvo bayramlari chog‘ida ehtiyot choralariga amal qilishga chaqirdi. Bu davrda karantin joriy qilinmaydi, biroq amaldagi cheklov choralariga rioya qilishga to‘g‘ri keladi, dedi vazir.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiyada koronavirusga chalinganlar soni 2,5 million kishiga yetgan. 60,6 ming kishi vafot etgan, 189 ming kishi sog‘aygan.

O‘tgan haftada dunyoning bir qator mamlakatlarida koronavirusga qarshi emlash boshlab yuborildi. Ma’lum qilinishicha, 1,1 milliondan ortiq odam koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandi — bular Buyuk Britaniya, AQSh, Xitoy va Rossiya aholisi. Eng ko‘p odam Xitoyda emlangan — 28-noyabr holatiga ko‘ra, 650 ming kishi emlangan. Buyuk Britaniyada 15-dekabr holatiga ko‘ra, koronavirusga qarshi 137,8 ming kishi vaksinatsiya qilindi, Rossiyada esa emlanganlar soni 320 ming kishini tashkil etdi. Emlash 14-dekabrda boshlangan AQShda 17-dekabr holatiga ko‘ra, qariyb 50 ming kishi vaksinaning birinchi dozasini qabul qildi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar