Daryo

Yevropa Ittifoqida 27-dekabrdan koronavirusga qarshi emlash boshlanadi

Bu haqda Yevropa komissiyasi prezidenti Twitter’da ma‘lum qildi

1 daqiqa o‘qish31 336 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: EPA

Yevropa Ittifoqida koronavirusga qarshi vaksinatsiya 27–29-dekabr kunlari boshlanadi. Bu haqda Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayenga tayanib, “Interfaks” xabar qilmoqda.

“Bu Yevropa uchun muhim lahza. 27-, 28- va 29-dekabrda Yevropa Ittifoqi bo‘ylab vaksinatsiya boshlanadi. Biz fuqarolarimizni birgalikda himoya qilamiz”, – deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.

https://twitter.com/vonderleyen/status/1339525459864936450

Eslatib o‘tamiz, AQShda 14-dekabr kuni koronavirusga qarshi emlash boshlandi. Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari (CDC) ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil oxirigacha Amerika hukumati 40 million kishini emlashni rejalashtirmoqda.

2-dekabr kuni Buyuk Britaniya dunyoda birinchi bo‘lib Pfizer’ning koronavirusga qarshi vaksinasidan foydalanishni ma’qullagan edi. Shundan keyin Britaniya dunyoda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi vaksinatsiyani boshlashi xabar berildi. 4-dekabr kuni esa Bahrayn ham Pfizer vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi. Shuningdek, Pfizer va BioNTech vaksinasi AQShda hamda Meksikada ham ma’qullandi.

Rossiyada esa COVID-19’ga qarshi emlash 16-dekabr kunidan boshlandi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar