Daryo

Yevropa Ittifoqi Pfizer’ning koronavirusga qarshi vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi

Yevropaning dori vositalari bo‘yicha agentligi Pfizer va BioNTech kompaniyalari tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksinadan foydalanishga ruxsat berishni tavsiya etdi

1 daqiqa o‘qish15 928 ko‘rishlar0 izoh0

Yevropaning dori vositalari bo‘yicha agentligi (EMA) Yevropa Ittifoqida Pfizer va BioNTech kompaniyalari tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksinadan foydalanishga ruxsat berishni tavsiya etdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: Reuters

Yevropa komissiyasi 21-dekabrda agentlikning ruxsatini tasdiqlashi kutilmoqda.

Pfizer 2020-yilning noyabr oyida BNT162b2 vaksinasining samaradorligini 95 foizga baholagan. Dekabr oyining boshida Buyuk Britaniya dunyoda birinchi bo‘lib mazkur kompaniya vaksinasidan ommaviy ravishda foydalanishni ma’qulladi.

avvalroq Yevropa Ittifoqida 27-dekabrdan koronavirusga qarshi emlash boshlanishi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasini butun dunyo bo‘ylab tarqatish noyabr oyi oxiridan boshlandi. Britaniya dunyoda birinchi bo‘lib ushbu kompaniya vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi. Bundan tashqari, AQSh,  Bahrayn, Meksika, Kanada va Shveysariyada u foydalanish uchun tasdiqlangan.

Pfizer 2020-yil oxiriga qadar, oldinroq rejalashtirilganidek, 100 million emas, balki 50 million doza vaksina ishlab chiqara oladi.

Avvalroq AQShda Pfizer vaksinasi bilan emlangan ikki tibbiyot xodimining ahvoli yomonlashgan, sinovlardagi 6 ko‘ngilli esa vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar