Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh yigitlar ishtirokidagi go‘yoki pichoqbozlik aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur videoni o‘rgandi va uning ishtirokchilari shaxsini aniqladi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot dasturi xabar berdi.

Voqea ishtirokchilaridan birining so‘zlariga ko‘ra, pichoqbozlik piar qilish maqsadida sahnalashtirilgan, videoda aks etgan voqeada yigitlar bir-biriga pichoq emas, balki taroq bilan “hujum qilgan”.

Boshqa bir ishtirokchining aytishicha, ular mazkur videoni to‘liq variantini ijtimoiy tarmoqlardagi profillariga joylagan va unda voqea piar ekanligi bilingan, biroq ba’zi blogerlar videoning to‘liq bo‘lmagan variantini tarqatgani sababli uning piar ekanligi bilinmagan.

Chilonzor tuman ma’muriy ishlar sudi qaroriga ko‘ra, mazkur yigitlar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi 1-qismida (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topildi. Ularga nisbatan uzil-kesil besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zgidromet” 1-aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Iqtisodiyot
Braziliya va Xitoy o‘rtasida savdoda dollardan voz kechilib, yuanga o‘tildi
Mahalliy
O‘zbekistonda har uchinchi ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi