Rossiyaning Volgograd viloyatida xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Repost Rossiya IIV Volgograd bosh boshqarmasiga tayanib.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Svetloyarsk viloyatidagi “Chapurnikovskiy” chegara postida o‘tkazilgan rejali tekshiruv paytida yo‘l-patrul xizmati xodimlari Dog‘istondan Moskvaga ketayotgan shaharlararo avtobusni to‘xtatgan.
Ma’lumotlar bazasini tekshirganda avtobusda O‘zbekistonda sodir etgan bir qator firibgarliklari uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan 50 yoshli O‘zbekiston fuqarosi borligi aniqlangan.
Xabarda aytilishicha, erkak ilgari O‘zbekistonda hibsga olingan, ammo 2019-yilning dekabrida u mamlakatni tark etib, yashiringan. Ayni paytda u qo‘lga olingan bo‘lib, jinoiy javobgarlikka tortish uchun O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)