Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Amerikalik reper, prodyuser, tadbirkor va aktyor Paff Deddi onasining 80 yoshga to‘lishi munosabati bilan unga kutilmagan sovg‘a tayyorladi, deb xabar beradi Page Six.

Foto: Page Six

Foto: Page Six

Ta’kidlanishicha, qo‘shiqchi onasi Jenis Kombsning sharafiga bayram dasturxoni tashkil etib, unga bir million dollarlik chekni topshirgan, uning o‘g‘li esa buvisiga brilliant marjon sovg‘a qilgan.

Shundan so‘ng, reper tug‘ilgan kun egasiga yangi Bentley’ning kalitini topshirigan, shuningdek, mashinaga yangi haydovchi yollagan.

Foto: Instagram / @Diddy

Foto: Instagram / @Diddy

Foto: Instagram / @Diddy

Foto: Instagram / @Diddy

Jenis Kombs bilan shu kunning o‘zida Paff Deddining 14 yoshli egizak qizlari ham tug‘ilgan kunini nishonlagan. Qizlar bayramni do‘stlari bilan yaxtaga o‘tkazgan.

Foto: Instagram / @Diddy

Foto: Instagram / @Diddy

Paff Deddi dunyodagi eng badavlat hip-hop qo‘shiqchilardan biri hisoblanadi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, u 2020-yilda 55 million dollar ishlab topgan, 2019-yilda esa reperning boyligi 740 million dollarga baholangan edi.

Hozirda u musiqiy faoliyatini to‘xtatgan bo‘lib, aktyorlik bilan shug‘ullanmoqda.

Avvalroq amerikalik hip-hop qo‘shiqchi Kanye Uest qo‘shiqchi Kris Braunga Rossiyada ishlab chiqarilgan “Sherp” yo‘ltanlamasini sovg‘a qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukusda bir-biri bilan mushtlashgan maktab o‘quvchilarining ota-onasi jarimaga tortildi
Mahalliy
AQSH elchixonasi O‘zbekiston armiyasi shifokoriga minnatdorchilik bildirdi
Dunyo
Xitoy olimlari dunyoda birinchi bo‘lib Arktika bo‘risini klonlashtirdi (video)