Daryo

Andijonda 4 oylik o‘g‘lini 5200 dollarga sotayotgan ayol qo‘lga olindi

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov olib borilmoqda

1 daqiqa o‘qish33 408 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: IIV Tergov departamenti

Andijonda 20 yoshli ayol 4 oylik o‘g‘lini 5200 dollarga sotayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: IIV Tergov departamenti

Xabarga ko‘ra, 12-dekabr kuni Andijon viloyati IIB hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida Jalaquduq tumani “Tuyalas” MFYda yashovchi 20 yoshli ayol D.K. o‘zining 2020-yil 15-avgust kuni tug‘ilgan o‘g‘lini “Bozorboshi” MFY ko‘chasida joylashgan “Gap” kafesida xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga kimyoviy ishlov berilgan 5200 dollar evaziga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Foto: IIV Tergov departamenti

Tezkor tadbir davomida ayoldan kimyoviy ishlov berilgan 5200 dollar ashyoviy dalil sifatida xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan D.K.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, so‘roq qilingan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov olib borilmoqda.

Avvalroq Sirdaryoda 1,5 yoshli bolasini 17 ming dollarga sotgan onaga hukm o‘qilgani, shu viloyatda to‘rt kunlik chaqalog‘ini 20 ming dollarga sotayotgan ayol, Xivada 4 oylik qizini 120 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ayol hamda Namanganda 6 oylik chaqalog‘ini 1,9 million so‘mga sotib yuborgan turmushga chiqmagan ayol qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda chaqaloqlar savdosi yildan yilga ortib bormoqda. Bunday jinoyatlarning sabablari ma’lum qilindi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar