Har qanday inson chin dildan orzu qilsa, u, albatta, amalga oshadi. Buni ispaniyalik model Marian Avila o‘zining mehnati bilan tasdiqladi. Daun sindromi bilan tug‘ilgan Marian oddiy insonlarning ish topishi muammo bo‘layotgan bir vaqtda o‘zini model sifatida sinab ko‘rishga qaror qildi.

Foto: AdMe

Marian bolaligidanoq moda olamini zabt etish, shoularda ishtirok etishni istar edi. U orzularini amalga oshirish uchun yo‘lga chiqdi, bu yo‘lda uni hech kim to‘xtata olmadi. Marian Daun sindromi bilan tug‘ilgan va uning bo‘yi 161 santimetrni tashkil etadi.

Foto: Instagram / @marianavilamodel

2016-yil Marian 10 oylik modellik kursini tugatgan. O‘sha yili Madridda bo‘lib o‘tgan dizayner Lina Lavinning xayriya ko‘rgazmasida model sifatida o‘zining birinchi debyutini o‘tkazdi.

Foto: Instagram / @marianavilamodel

Marian oqshom liboslarini kiyishni va zamonaviy ko‘rinishda bo‘lishni yaxshi ko‘radi. Unga bu narsalar katta quvonch keltiradi.

Foto: Instagram / @marianavilamodel

Bu haqda qizning o‘zi shunday deydi: “Dizayner Talisha Uayt 2018-yil 8-sentabrda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan moda haftaligida taniqli model sifatida ishtirok etishimni xohladi. Tuyg‘ularga berilib ketganimdan yig‘ladim, bu men kutgan orzular ro‘yobi edi”.

Foto: Instagram / @marianavilamodel

“Tomog‘imga tiqilgan yig‘i, albatta, xursandchilikdan edi. Meni tanimagan inson kuchimga ishonadi, deb o‘ylamagandim, u chindan ham farishta”.

Foto: Instagram / @marianavilamodel

Model koordinatorining qizi Kenzi Dagmor Marianni Facebook sahifasiga joylashtirgan orzusini o‘qigandan so‘ng unga yozishga qaror qilgan. Ammo Marian to‘pig‘idan jarohat olganligi sababli shouda oradan bir yil o‘tib ishtirok etgan.

Foto: Instagram / @marianavilamodel

Foto: Instagram / @marianavilamodel

Foto: Instagram / @marianavilamodel

Nihoyat Marian Nyu-Yorkdagi moda haftaligi podiumiga chiqdi va bir nechta liboslarni namoyish qildi. Tomoshabinlar orasida uning ota-onasi ham qo‘llab-quvvatladi.

Foto: Instagram / @marianavilamodel

Marian intervyularining birida har doim uning yonida bo‘lgan, hamisha qo‘llab-quvvatlashga harakat qilgan va ijtimoiy tarmoqlar uchun suratga tushishda yordam beradigan singlisi ekanligini tan olgan.

Foto: Instagram / @marianavilamodel

“Namoyish hayajonli, aqlbovar qilmaydigan darajada o‘tdi. Men buni so‘z bilan ta’riflay olmayman. Agar orzu qilinsa, uni amalga oshirishda hech qanday to‘siq yo‘qligini dunyoga ko‘rsatmoqchi edim”, − deydi model.

Foto: Instagram / @marianavilamodel

Shuningdek, u namoyishdan so‘ng Talishaga minnatdorlik bildirshga qaror qilgan, ammo uchrashganidan so‘ng qattiq ta’sirlanib, ko‘z yoshlarga berilgan.

Foto: Instagram / @marianavilamodel

Ushbu tajriba unga moda olami eshiklarini ochdi. U hozirda 23 yosh va yangi Levi’s kompaniyasining yuziga aylangan. Bundan avval Vogue, New York Times, Vanity Fair va Harper’s Bazaar kabi jurnallar bilan birga ishlagan.

Foto: Instagram / @marianavilamodel

Marian modellik va o‘zining mashg‘ulotlaridan tashqari vokal bilan ham shug‘ullanmoqda. Shuningdek, ingliz tilini o‘rganishga ham kirishgan. U chindan ham o‘z orzulari uchun mehnat qilish kerakligini biladi.

Foto: Instagram / @marianavilamodel

Bunday aql-idrok va iste’dod egasi olg‘a intilishi bilan jamiyatning hurmati va mukofotlariga loyiq. Lekin eng muhimi, uning orzulari birin-ketin amalga oshmoqda.

Foto: Instagram / @marianavilamodel