Hindistonlik qiz Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng uzun sochli o‘spirin sifatida kiritildi. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobining rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: Guinness world records

Hindistonda yashovchi 18 yashar Nilanshi Patel birinchi marta 2018-yil 21-noyabrda o‘smirlar orasida eng uzun soch egasi sifatida tan olingan. O‘sha vaqtdan buyon u ikki marotaba rekordni yangiladi. Ikki yil avval uning sochlari 1,7 metr uzunlikda edi, hozirda ular yana 30 santimetrga o‘sgan.

Foto: Guinness world records

Patelning 6 yoshida sochini qisqartirishgani unga yoqmagan, shuning uchun ularni o‘stira boshlagan. “Mening sochimni kaltalatishdi, juda ham xunuk edi. Shundan so‘ng hech qachon sochimni kesmaslikka qaror qilganman. 6 yoshimdan buyon sochlarim uzunligiga tegmayman”, − deydi Patel.

Foto: Guinness world records

U tengdoshlari orasida jahon rekordini o‘rnatish uchun sochlarini o‘stirishda davom etishi haqida hali bir qarorga kelmagan.

Foto: Guinness world records