• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Karyera

    Kim bo‘lsang ham eng yaxshisi bo‘l! Garvard tibbiyot oliygohining ilmiy tadqiqotchisi o‘zbekistonlik Jamshid Jambulov hikoyasi

    AQShdagi Garvard tibbiyot oliygohi jahondagi eng yaxshi universitetlardan biri hisoblanadi. U yerda o‘qish uchun har yili minglab yoshlar hujjat topshiradi. “Daryo” Garvardda tahsil olayotgan Jamshid Jambulov bilan bog‘lanib, oliygohda o‘qish, Bostondagi hayot tarzi va olgan taassurotlari haqida suhbatlashdi.

    Jamshid Jambulov 1992-yilda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida tug‘ilgan. Ayni paytda Garvard tibbiyot oliygohining ilmiy tadqiqotchisi hamda “Buyuk Kelajak” xalqaro tashkiloti eksperti.

    Foto: Facebook / @Jamshid Jambulov

    Foto: Facebook / @Jamshid Jambulov

    Hammasi yaxshilikka!

    Garvardda o‘qish minglab yoshlarning orzusi. Shu qatori meni ham. Lekin oliygohga kirish, ancha mashaqqatli ekanini bilardim. Ammo inson chin yurakdan intilsa, harakat qilsa hammasiga erishishi mumkin ekan. Boshida 40 ta universitetga hujjatlarimni topshirdim. Ammo birin-ketin pochtamdan o‘qishdan “yiqilganim” haqidagi maktublar olaverdim. 39 ta rad javobidan so‘ng, men uzoq kutgan xat – Garvardga o‘qishga qabul qilinganligim to‘g‘risida xabar keldi.

    2019-yil 1-fevral kuni hayotimda yangi sahifa ochildi. Katta maqsadlarimdan biri ushaldi. Ya’ni Garvardda talaba bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritdim. Shunday qilib, ilmiy tadqiqot stipendiyasi asosida Boston shahriga keldim.

    Foto: Facebook / @Jamshid Jambulov

    Foto: Facebook / @Jamshid Jambulov

    Mehribon o‘zbek oilasi haqida

    Bostonga kelishimdan oldin internetda shu yerda yashaydigan buxorolik oila bilan tanishdim. Bu oila meni Bostonga uchib kelganimda aeroportda kutib olib, yangi sharoitga tezroq ko‘nikib ketishimda katta yordam berdi. Musofir yurtlarda milliyligini, samimiyligini yo‘qotmagan ushbu oiladan juda minnatdorman.

    Garvarddagi paxta gulli piyola

    Boston Amerikaning yirik shaharlaridan biri. Bu yerda doimo odamlar xush kayfiyatda ishga, o‘qishga shoshadi. Men bu holatni AQShning shaharlarida ko‘p kuzatganman, lekin Bostonda bu muhit umuman boshqa.

    Xullas, Garvardga bordim. Ochig‘i, ko‘zlarimga ishonmasdim. Sababi, men necha yillar orzu qilgan, faqat suratlarda ko‘rgan universitet bugun ko‘z oldimda gavdalanar edi. Oliygohga kirib, professorimga O‘zbekistondan olib kelgan paxta gulli choynak-piyola, zar chopon va adrasni sovg‘a qildim. U bundan juda ham xursand bo‘lib, sovg‘alarni xonasiga bezab qo‘ydi. Ana endi Garvardda ham o‘zimizning paxta gulli choynak, piyolamiz bor.

    Foto: Facebook / @Jamshid Jambulov

    Foto: Facebook / @Jamshid Jambulov

    “Hech kim mukammal emas, hamma xato qiladi”

    Men “Hujayra biologiyasi” bo‘limining laboratoriyasida bakterial proteinlarning hujayra membranasi orqali o‘tish mexanizmi ustida izlanish olib boraman. Qiladigan ishimiz juda ham qiziq. Ko‘p bilim, sabr, ko‘nikma va qat’iyatlilikni talab qiladi. Menga mas’ul bo‘lgan yana bir Garvard tibbiyot oliygohi tadqiqotchisi Marko bilmaganlarimni doimo o‘rgatib boradi. Ba’zida oddiy savollarga javob topa olmasam, o‘zimni “Qoyil-ey, oddiy narsaniyam bilmading-a!” deb koyiyman.

    Biroq Marko juda tushungan inson. U: “Hech kim mukammal emas, hamma xato qiladi. Asosiysi xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarib, ularni qayta takrorlamaslik kerak. Sen bu yerga ilm olish uchun kelgansan. Kel, senga bu usul yoki bu javob nimaga noto‘g‘riligini o‘rgataman” deb vaqtini ayamay menga to‘liq tushuntirib beradi. Uning ustozlarcha mehribonligi meni yanada yaxshi o‘qishimga turtki bo‘ladi.

    Foto: Facebook / @Jamshid Jambulov

    Foto: Facebook / @Jamshid Jambulov

    Har lahzadan minnatdorman!

    Umrim bu mening hech qachon qaytib kelmaydigan imkoniyatimdir. Uni har bir lahzasini chiroyli va unumli o‘tkazishni xohlayman. Masalan, har kuni barvaqtda uyg‘onaman. Ishga ham erta kelaman. Ish vaqti tugagandan so‘ng esa o‘tirib, o‘tgan kunimni tahlil qilaman, sohamga doir kitoblar o‘qiyman.

    Garvarddan uyimgacha 10 daqiqalik yo‘l. O‘qishga har kuni piyoda borib kelaman. Yo‘lda ketyotib, doim o‘zimga o‘zim bugun ajoyib kun bo‘ldi: Erta bundan ham zo‘r o‘tadi, chunki o‘rganganlarim sabab menda yangi g‘oyalar va fikrlar paydo bo‘ldi. Men bu bilimlarimdan foydalanib, sohamda katta o‘zgarishlar qilaman deb o‘zimni ruhlantiraman.

    Foto: Facebook / @Jamshid Jambulov

    Foto: Facebook / @Jamshid Jambulov

    Garvard kasalxonasi Brigham and Women’s Hospital Garvard tibbiyot oliygohi orqa tomonida joylashgan. Har kuni shu kasalxona yonidan o‘taman.

     Boston shukuhi

    Ancha payt Shimoliy Karolina shtatida yurak va qon-tomir kasalliklari mutaxassisi bo‘lib ishlaganman. Tajriba oshirish uchun zo‘r muhit edi. Men u yerda ko‘p narsalarni o‘rgandim. Lekin ikkisini taqqoslaydigan bo‘lsak, Boston muhiti ustunroq keladi.

    Avvallari kasalxonada ishlaganimda, tushlik vaqtida aksariyat hamkasblarim qo‘lidagi telefonga mahliyo bo‘lib, bir-birlari bilan kam suhbatlashar edi. Afsuski, men ham tez orada bu “kasallik”ni yuqtirib oldim. Bu yerda ham hamkasblar bilan tushlikka chiqiboq, telefonimni olib tekshira boshlardim. Lekin ular o‘rtasidagi suhbat meni qiziqtirib qo‘yardi, “Tom eshitdingmi, Serona bir maqola chiqaribdi. Proteinlarni DDM bilan o‘rab, SP6 bo‘limida polimerayz bilan… Biroq bilasanmi, mana bu qismiga shubham bor…”. Suhbat qizishib ketardi. Ikkinchi kuni yana telefonimni ushlasam, (meni virtual dunyodan chalg‘itish uchun bo‘lsa kerak) yana shunday ilmiy suhbat, bahs boshlanardi. Uchinchi kuni tushlik xonasiga kirsam, bir hamkasbim “Hujayra biologiyasi” jurnalini o‘qib o‘tirardi.

    Tushundimki, bu yerga hamma ilm o‘rganish uchun aniq maqsadlar bilan keladi. Keraksiz narsalarga ortiqcha vaqt sarflamaydi. Faqat foydali ish bilan shug‘ullanishga harakat qiladi. Albatta, ular ham ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi, faqat o‘z me’yorida. Bu holat menga katta dars bo‘ldi. Hamda tezda ulardan ushbu odatini ham o‘zlashtirib oldim.

    Foto: Facebook / @Jamshid Jambulov

    Foto: Facebook / @Jamshid Jambulov

    Hech qachon ortga chekinma

    Bostonda yolg‘iz yashayotganim sababli, dam olish kunlari ham laboratoriyada bo‘laman. Boshida bir o‘zim bo‘lsam kerak, dam olish kunlari ishga kim ham kelardi deb o‘ylardim. Lekin 70% bostonliklar hafta oxiri bo‘lishiga qaramasdan ishga kelaveradi. Men rosti hayratda qoldim. Chunki boshqa joylarda ishlaganimda, shanba va yakshanba kunlari deyarli hech kim ishga kelmasdi. Barchasi uyda o‘tirib dam oladi. Albatta, bu yerda o‘qib, ishlaydiganlar ham hordiq chiqarishni istaydi, lekin ilmiy izlanish qilayotgan odamni ishi har doim ham o‘ngidan kelavermaydi. Shu bois, tadqiqotchilar yarim tundan o‘tib ketsada ishlarini tugatmasdan, uylariga qaytmas ekan. Eng qizig‘i, ertasiga yana barvaqt ishda hozir-u nozir bo‘ladi. Hech kim ularni ishingni mana shu kuni, yoki mana shu soatda tugatasan deb bosim qo‘ymaydi, balki o‘zlari xohlab qiladi. Ularning qat’iyati meni yana ham ko‘proq izlanib, o‘z ustimda ishlashga undaydi.

    Foto: Facebook / @Jamshid Jambulov

    Foto: Facebook / @Jamshid Jambulov

    Talabalar qanday dam olishadi?

    Men yashayotgan joyda chet eldan kelgan talabalar juda ko‘p. Ular hafta davomida qattiq o‘qib, ishlaydilar, lekin juma va shanba kuni kechqurunlari bazmlar uyushtiradi. Ko‘chalar odamlarga to‘lib ketadi. Kafe, restoran va barlar har qachongidan ham band bo‘ladi. Kechadagi baland musiqa va raqs allamahalgacha davom etadi.

    Mening oilam

    Men Massachusetts texnologiyalar institutida (MIT) ilmiy izlanish olib borayotgan va Garvard kasalxonalarida oliy toifali shifokor bo‘lish uchun ordinatura qilayotgan talabalar bilan birga turaman. Albatta, hammamiz erta ketib, kech qaytamiz, lekin vaqtimiz bo‘lganda qiziq suhbatlar qilamiz. Birga taomlar tayyorlaymiz va tajribalarimiz bilan o‘rtoqlashamiz. Tajribali insonlar davrasida bo‘lish, meni oldimga qo‘ygan rejalarim sari yaxshiroq harakat qilishimga kuch bag‘ishlaydi.

    Foto: Facebook / @Jamshid Jambulov

    Foto: Facebook / @Jamshid Jambulov

    Abituriyentlarga maslahat

    Hammaning ham hayotida og‘ir kunlar bo‘ladi. Menda ham ko‘p qiyinchiliklar bo‘lgan. “O‘qib nima bo‘lardi, ana diplomi chang bosib yotibdi”, degan gaplarni eshitganman. Kezi kelganda, o‘qish qiyinligidan tashlab ketish ham xayolimdan o‘tgan. Lekin boshqalarning negativ gap-so‘zlariga, mashaqqatlarga qaramay, oldimga qo‘ygan maqsadlarim tomon harakat qilaverganman. Yaratganga shukur qilgan mehnatlarim besamar ketmadi.

    Avvalo, siz ham yaxshi o‘qishga harakat qiling. Chunki bilim odamni ko‘kka ko‘taradi. Yaxshi insonlar davrasida bo‘lasiz. Siz faqat suratlarda ko‘rgan joylar reallikka aylanadi. Orzular, albatta, amalga oshadi, faqat izchillik, istak, sabr va harakat bo‘lsa bas. Ilm o‘rganish igna bilan quduq qazishga teng. Siz bu yo‘lda qancha mashaqqatlarga, qiyinchliklarga duch kelasiz. Biroq shuni unutmangki, inson o‘zi o‘ylaganidan-da kuchliroqdir. Siz istalgan cho‘qqisini zabt etishishingiz mumkin. Faqat o‘zingizga ishoning, sinovlar oldida chekinmang. Boriga shukr qilib, xolis niyat bilan harakat qilavering. Bor e’tiboringiz maqsadingizda bo‘lsin. Umid qilamanki, siz ham bir kun Garvard, MIT, Stanford yoki boshqa nufuzli oliygohning talabasi bo‘lasiz.

    Foto: Facebook / @Jamshid Jambulov

    Foto: Facebook / @Jamshid Jambulov

    Ota-onalarga maslahat

    Ingliz tilini o‘rganib yurgan paytlarim, oilamizda ko‘p iqtisodiy qiyinchiliklar bo‘lgan. Ya’ni qo‘shimcha darslarga borish uchun uydagilar pul yetkazib berolmay qolgan. Lekin onam “men bu taqinchoqlarni taqib yurganimdan ko‘ra, sotib ro‘zg‘orga ishlatamiz, o‘qishingga beramiz. Bizlar tuzuk o‘qiy olmadik, ammo meni bolalarim yaxshi o‘qishi kerak” deb taqinchoqlarini sotgan. Xullas, ota-onam bor pullarini meni o‘qitish uchun sarflagan. Yaratganga shukur, u kunlar ham ortda qoldi. Ota-onamning duolari, yordamlari bilan men shu darajaga yetdim.

    Foto: Facebook / @Jamshid Jambulov

    Foto: Facebook / @Jamshid Jambulov

    Aytmoqchi bo‘lganim, farzandlaringiz sizning borlig‘ingiz, ertangi kuningiz! Ularga kichikligidan e’tibor bering, birga ishlang, o‘rgating, sayohat qildiring. Hech qachon mehringizni, e’tiboringizni ayamang. Ilmli bo‘lishi uchun qancha vaqt va mablag‘ bo‘lsa sarflang. Chunki eng yaxshi sarmoya bu bilimga sarflangan sarmoyadir! Vaqt o‘tib, albatta, uning rohatini ko‘rasiz.

    26.06.2019, 13:33   Izoh (0)   52129
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Muvaffaqiyatga erishgan kishilardan 6 maslahat

    28.04.2018, 16:05

    Ishda mavqening pasayishiga olib keladigan 4 xato

    27.04.2018, 17:32

    10 daqiqa ichida yangi g‘oyaga ega bo‘lmoqchimisiz? Bunga oddiy mashqlar yordam beradi

    25.01.2018, 13:15

    Ish salomatligingizga putur yetkazishining 4 belgisi

    19.01.2018, 06:47

    Omma oldida nutq so‘zlash qo‘rquvidan qutulish uchun oddiy hiyla

    10.01.2018, 19:41

    Muvaffaqiyatli bo‘lishga yordam beruvchi 7 odat

    10.01.2018, 09:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sherzod Asadov Rossiya prezidentining matbuot kotibi bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:55

    Saida Mirziyoyeva Aleksey Gromov bilan axborot sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:51

    Floridada alligator hujumidan omon qolgan erkak politsiya tomonidan otib o‘ldirildi

    Dunyo | 28 may, 23:50

    Jorja Meloni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 28 may, 23:41

    Helsinki aeroportidagi ish tashlashlar sababli Finnair aviakompaniyasi yuzdan ortiq reysni bekor qiladi

    Dunyo | 28 may, 23:40

    Samarqanddagi korxona 3 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangani aniqlandi

    O‘zbekiston | 28 may, 23:30

    Tramp Putin va Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 28 may, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 28-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 28 may, 23:11

    Saida Mirziyoyeva Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari bilan uchrashdi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 28 may, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.