Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya Savdo-sanoat palatasi rahbari Sergey Katirin yuqori malakali mutaxassislarning Rossiyaga oilasi bilan birga kelishlari uchun ruxsat berilishini so‘radi. Mazkur taklif qayd etilgan xat bosh vazir Mixail Mishustinga yo‘llangan, deb xabar beradi “Kommersant”.

Foto: Asia-Plus

Foto: Asia-Plus

Katirinning so‘zlariga ko‘ra, Savdo-sanoat palatasiga ishbilarmon doiralar vakillaridan xorijiy fuqarolarning pandemiya davrida mamlakatga kirib kelishini yengillashtirish bo‘yicha ko‘plab iltimoslar kelib tushmoqda.

“Xorijlik yuqori malakali mutaxassislarning Rossiyaga har bir kirishini muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi talabni chiqarib tashlash kerak (birinchi marta kirishini muvofiqlashtirishning o‘zi yetarli), shuningdek, yuqori malakali sport mutaxassislari uchun yaqinda qabul qilingan qaror bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarning oila a’zolariga kirish huquqini berish lozim”, — deyiladi xatda.

Bundan tashqari, Sergey Katirin Rossiyaga ishlash uchun keluvchi xorijlik fuqarolarning faoliyatini tartibga solishni so‘ragan. Uning ta’kidlashicha, hozirda chet eldan ishchi kuchini jalb etadigan Rossiya kompaniyalari kadrlar tanqisligiga duch kelmoqda, xususan, MDH mamlakatlaridan. Xatda mehnat migrantlarining mamlakatga kirish protseduralarini belgilab olish lozimligi so‘ralgan. Buning uchun chet ellik ishchilarni Rossiyaga yetkazib berishni tashkil etish, test o‘tkazish, kerak bo‘lganda o‘zini yakkalash va tibbiy yordam ko‘rsatish uchun ish beruvchilar kafolatlarini belgilash taklif qilinmoqda.

Strategik tadqiqotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, an’anaviy ravishda migrantlar mehnatidan foydalanib kelgan Rossiyadagi kompaniyalarning taxminan 40 foizida ishchi kuchi yetishmasligi kuzatilmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Rossiyaning beshta shahrida rus tili, o‘z kasbi bo‘yicha malaka oshirish, yangi kasb o‘rganish yo‘nalishlar bo‘yicha 1 oylik (72 soatlik) va 2 oylik (144 soatlik) o‘quv kurslari tashkil etilishini ma’lum qilgandi. Shuningdek, Rossiyada o‘zbek migrantlari uchun kasb va til o‘rgatish to‘garaklari yo‘lga qo‘yilishi bildirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kripto
O‘zbekiston 2022-yilda kripto sektoridan budjetga 300 ming dollardan ortiq mablag‘ yig‘di
Mahalliy
“Geosiyosiy vaziyatning salbiy taʼsiri sababli inflyatsiya darajasi kutganimizdan yuqori shakllandi” — Mamarizo Nurmurodov
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Turkiyadagi zilzila munosabati bilan Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik yo‘lladi