Shavkat Mirziyoyev “2021-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Farmonga muvofiq, 2021-yilda fuqarolar rasmiy sanalarni nishonlash davrida to‘liq dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2021-yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi:

  • 2-sentabr — payshanba;
  • 3-sentabr — juma.

Shuningdek, farmonda qayd etilishicha, 2021-yil 2-yanvar (shanba), 20-mart (shanba), 22-mart (dushanba) va 4-sentabr (shanba) kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kunlari bo‘ladi.