Qashqadaryo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining sobiq rahbari Doniyor Tursunov yangi lavozimga tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga boshqarma axborot xizmati rahbari Nuriddin Egamov xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, sobiq rahbar — tibbiyot fanlari nomzodi Doniyor Tursunov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga direktor etib tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 25-noyabr kuni sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali direktori vazifasida ishlab kelgan Ravshan Tulakov viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.