• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent shahar hokimligi sudlarda “snos” ishini ko‘rib chiqishda davlat organlarini boj to‘lashdan ozod qilishni taklif qildi

    “Davlat boji to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonuniga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hujjat loyihasi Toshkent shahar hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unda “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunning 9-moddasi (iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish) birinchi qismi 14-1-band bilan to‘ldirish taklif etilgan. Ushbu bandda davlat organlari iqtisodiy sudlarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni buzish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishi taklif etilmoqda.

    Hujjat loyihasi muhokamasi 15-dekabrgacha davom etadi.

    Ma’lumot uchun, hozirda iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:

    1. Da’vogarlar — o‘rmon daraxtlarini o‘zboshimchalik bilan kesish hamda o‘rmondan foydalanish, o‘rmonni qo‘riqlash va muhofaza qilish tartibi va shartlarini boshqacha tarzda buzish tufayli o‘rmon fondiga yetkazilgan zararni undirish to‘g‘risidagi, o‘rmon xo‘jaligi daromadi summalarini (shu jumladan, o‘rmon daraxtlarini o‘sib turgan joyida sotish qoidalarini buzganlik uchun zarar va neustoykani, shuningdek, o‘zboshimchalik bilan o‘rmon daraxtlarini kesganlik, pichan o‘rganlik va mollarni o‘tlatganlik uchun jarimalarni) undirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha;
    2. Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — palata a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar yuzasidan;
    3. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar — fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar bo‘yicha;
    4. Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — barcha da’volar bo‘yicha;
    5. Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘linmalari — “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq pensiyalarni to‘lashga ketgan mablag‘larni tashkilotlardan undirib olish bo‘yicha da’volar, shu jumladan regress da’volar yuzasidan;
    6. Sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish organi — majburiy sug‘urta operatsiyalari bilan bog‘liq barcha ishlar bo‘yicha;
    7. Suv xo‘jaligi vazirligi va uning joylardagi organlari — suv to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik tufayli davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun mablag‘larni davlat daromadiga undirish to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;
    8. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning joylardagi organlari — atrof-muhitni ifloslantirganlik, tabiatdan o‘zboshimchalik bilan foydalanganlik va tabiiy resurslardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilishning tartib va shartlarini boshqacha tarzda buzganlik tufayli tabiiy obyektlarga va komplekslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar bo‘yicha;
    9. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy organlari — o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlar ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan da’volar bo‘yicha;
    10. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy organlari — o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlarga beriladigan da’volar bo‘yicha;
    11. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi va uning hududiy organlari — o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlariga muvofiq sudlar ko‘rib chiqishi uchun kiritiladigan da’volar bo‘yicha;
    12. Davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari — barcha ishlar hamda hujjatlar bo‘yicha, shuningdek alohida yuritiladigan ishlar bo‘yicha sudga arizalar berganlik uchun;
    13. Prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
    14. Adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
    15. Undiruvchi yoki davlat ijrochisi — qonunda nazarda tutilgan taqdirda, qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirish bo‘yicha xarajatlarning o‘rnini qarzdor tomonidan qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
    16. Xalqaro va chet el hukumat moliya tashkilotlari tomonidan hukumatlararo kelishuvlar asosida berilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarzdor sifatida qatnashuvchi davlat organlari va tashkilotlari — subzayom oluvchilardan paydo bo‘lgan qarzdorliklarni undirish to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
    17. Davlat ehtiyojlari uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish shartnomalari bo‘yicha sotib oluvchi hisoblangan davlat organlari va tashkilotlari — yetkazib beruvchilar (pudratchilar) tomonidan shartnoma majburiyatlarining bajarilmaganligi bilan bog‘liq da’volar yuzasidan;
    18. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari — fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar yuzasidan;
    19. Arizachi va javobgar — huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha;
    20. Chet el investitsiyalari ishtirokidagi aksiyadorlik jamiyatlari — ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan;
    21. Tadbirkorlik subyektlari — hakamlik sudining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risida ariza berganda;
    22. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, uning joylardagi organlari — yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi bilan bog‘liq da’volar bo‘yicha;
    23. Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti va uning hududiy boshqarmalari — moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ko‘zlab qilingan da’volar hamda berilgan arizalar yuzasidan;
    24. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning joylardagi organlari — qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi qonun hujjatlarini buzganlik bo‘yicha davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab qilingan da’volar hamda beriladigan arizalar yuzasidan;
    25. Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil — tadbirkorlik subyektlari manfaatlarini ko‘zlab beriladigan da’volar, arizalar va shikoyatlar yuzasidan;
    26. Hisob palatasi — O‘zbekistonning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni ko‘zlab qilingan da’volar va beriladigan arizalar yuzasidan.

    01.12.2020, 21:35   Izoh (0)   15992
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Farg‘ona yo‘li ko‘chasining bir qismi 31-dekabrgacha yopiladi

    01.12.2020, 20:58

    O‘zbekistondan Qozog‘istonga birinchi bor eTIR protsedurasi bo‘yicha yuk jo‘natildi

    01.12.2020, 20:34

    Yangiyo‘lda portlagan uy yaqinidan metan zapravka uchun yelim quvurda gaz o‘tkazilgan. Ikki kishining o‘limiga aynan shu holat sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin

    01.12.2020, 19:51

    O‘zbekistondagi ikkita sement zavodi gaz bosimi pasayishi sabab mahsulot ishlab chiqarishni to‘xtatdi

    01.12.2020, 19:26

    Oliy Majlisdagi oshxona deputatlar qarori tufayli undan foydalanish huquqini auksionda yutib olgan tadbirkorga berilmayapti

    01.12.2020, 19:02

    Namangan, Qo‘qon va Andijonda mashinasida minglab “Lirika” va “Tramadol” olib yurgan shaxslar aniqlandi

    01.12.2020, 18:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00

    iPhone egalarini Android foydalanuvchilariga qaraganda internetda aldash osonroq — tadqiqot

    Layfstayl | 2 avgust, 21:45

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.