Butun dunyoni hayratga solish uchun ko‘p bosh qotirish shart emas. Buning uchun allaqachon g‘ayrioddiy soch turmaklari ixtiro qilingan.

Amasunzu turmagi, Ruanda

Foto: “wday.ru”

Ruanda erkaklari o‘zlarining mavqeyi va kuchlarini ko‘rsatish uchun amasunzu kiyib yurgan. Ushbu soch turmagidan esa ayollarni nikoh yoshiga yetganligi va yolg‘iz ekanligini ko‘rsatish uchun foydalanilgan.

Foto: “wday.ru”

Uzun shoxli shinyon, Xitoy

Foto: “wday.ru”

Xitoyning Guychjou provinsiyasida Myao xalqlari mavjud bo‘lib, ayollari “chan szyao” – uzun shoxli parik kiyadi. Zamonaviy qizlar dunyoga mashhur soch turmaklarini faqat ta’til vaqtida taqadi. Lekin ularning buvilari ushbu 6 kilolik parikni kun davomida taqib yurgan.

Foto: “wday.ru”

Valensiya fallerasi, Ispaniya

Foto: “wday.ru”

Aftidan rejissor Jorj Lukas Ispaniyaning Valensiya shahriga qilgan sayohatidan shunchalik ilhomlanganki, u “Yulduzlar jangi” filmi qahramoni Leining soch turmagini yaratgan. Ushbu murakkab turmak ko‘p vaqt talab etadi. Soch turmagi qanchalar murakkab bo‘lsa, qariyalarning ijtimoiy mavqeyi shunchalik yuqori bo‘ladi.

Foto: “wday.ru”

Eritreya sehrgarlari

Foto: “wday.ru”

Sharqiy Afrikadagi juda kichik davlat, Eritreya noyob etnik guruhlar bilan ajralib turadi. Shunisi qiziqki, erkaklar harbiy xizmatga noma’lum muddatga chaqiriladi, shuning uchun ayollar ularga vaqt borida turmushga chiqib olishi kerak. Shuning uchun ham ayollar soch turmagi orqali yanada maftunkor bo‘lishga urinar.

Foto: “wday.ru”

Xamer qabilasi qizlari, Efiopiya

Foto: “wday.ru”

Yovvoyi Efiopiya qabilasi qizlari mehmondo‘st, samimiy va sertabassum. Ular Afrika qit’asining eng go‘zallari hisoblanadi. Aytgancha, ularning soch turmagi butun dunyo bo‘ylab urfga kirganini bilmasa kerak.

Karrayyu qabilasining afroturmagi, Efiopiya

Foto: “wday.ru”

Karrayyu qabilasining erkaklari an’anaviy tarzda qirqilgan afroturmakni “gafura” deb nomlaydi. Nikohdan so‘ng yangi oila har kuni ertalab sochiga yog‘ tomdirishi va u kun davomida yelka va bo‘yin qismga oqib turishi kerak. Bu ularning milliy marosimi hisoblanadi.

Foto: “wday.ru”

Ximba qabilasi, Namibiya

Foto: “wday.ru”

Sayyoradagi o‘ziga xos xalqlardan biri soch turmagi va zargarlik buyumlariga katta ahamiyat beradi. Hatto chaqaloqlar ham marvarid marjonlar, kattaroqlari esa chig‘anoqlar bilan bezatilgan mis bilaguzuk taqadi. Turmushga chiqqan xonimlar boshida hayvonlar terisidan yasalgan shox yoki toj bo‘ladi.

Foto: “wday.ru”

Yao xalqi, Xitoy

Foto: “wday.ru”

Bu ayollar sivilizatsiyadan uzoqda yashaydi va ota-bobolarining urf-odatlarini muqaddas biladi. Qizlar hayotida faqat bir yoshga kirgandagina soch kesishi mumkin. Shundan so‘ng qizlar sochini kesmaydi, ularning uzunligi 2 metrni tashkil qiladi. Odatga ko‘ra, soch qanchalik uzun bo‘lsa, baxtli bo‘lish imkoniyati shunchalik ko‘p bo‘ladi.

Kongodagi qabilalar

Foto: “wday.ru”

Markaziy afrikada joylashgan shtat qit’adagi eng yirik davlatlardan biridir. Biroq mamlakatda zamonaviy texnologiyalardan uzoq va daryolar bo‘yida yashaydigan qabilalar ham bor. Yer aholisi qalin sochlarini kesib, ularni kam miqdorda qoldiradi. So‘ngra qolganlarini qattiq shoxchalarga o‘xshatib turmaklaydi.

Foto: “wday.ru”

Simada turmagi, Yaponiya

Foto: “wday.ru”

Ushbu turmak XVII−XIX asrlarda qizlarning asosiy bezagi hisoblangan. Hozirda faqatgina geyshalar, ya’ni raqqosa-qo‘shiqchilar tomonidan kiyiladi.

Foto: “wday.ru”