Go‘zallik abstrakt tushuncha va har bir xalq u haqida o‘ziga xos tasavvurga ega. Siz-u bizga noodatiy ko‘ringan tashqi ko‘rinishdagi ayrim jihatlar mahalliy aholi uchun go‘zallik sanalishi mumkin. Quyidagi turli millatga mansub ayol va qizlar suratlariga qarab go‘zallikning standarti va qolipi yo‘q ekaniga amin bo‘lish mumkin.

Ximba ayollari

Foto: East News

Namibiyada yashaydigan Ximba ayollarining soch turmagi, teri rangi va taqinchoqlari an’anaga ko‘ra muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Suv yetishmasligi sabab qiz va ayollar gigiyenik muolaja sifatida tutunli vannadan, maftunkorlik uchun esa teri va soch uchun maxsus niqobdan foydalanadi. Taqinchoq sifatida ayollar qo‘liga va oyog‘iga braslet, bo‘yniga esa choker taqadi.

Maxarashtra shtati ayollari (Hindiston)

Foto: East News

Hind millati vakilini minglab ayollar orasidan tanib olish mumkin. Hindlar nigohlari yanada chiroyli ko‘rinishi uchun tabiiy surmadan foydalanadi. Ularning yana bir o‘ziga xosligi burniga taqinchoq “natx” taqadi va bu madaniyatning bir bo‘lagi hisoblanadi. Odatga ko‘ra qiz jismoniy voyaga yetganidan keyingina burniga “natx” taqishi mumkin bo‘ladi va bu uning turmushga chiqishi mumkinligini bildiradi.

Uganda ayollari

Foto: East News

Ugandada ham boshqa Afrika mamlakatlaridagidek to‘ladan kelgan ayollar go‘zal hisoblanadi. 2019-yilda to‘la ayollar o‘rtasida go‘zallik tanlovi ham o‘tkazilgan. Mahalliy ayollar qavat-qavat marjon, yog‘ochdan ishlangan braslet va metall zirak taqishni xush ko‘radi.

Bali ayollari

Foto: East News

Bali orollarida yashaydigan ayollarga kelishgan sarv qomat xos hisoblanadi. Bunday natijaga ular kundalik jismoniy faoliyatni amalga oshirish orqali erishgan. Ayollar og‘irroq buyumni boshiga qo‘yib qo‘llari bilan ushlaydi va mushaklar muntazam tonusda bo‘ladi. Orol ayollari past bo‘y, qora soch va yoqimli tabassum egasi hisoblanadi.

Masai ayollari

Foto: East News

Keniyada va Tanzaniyada yashaydigan ayollar dunyoga kelishi bilan quloqlari teshiladi va turli taqinchoq va bezaklar (hayvon shoxlari) taqiladi. Shuningdek, latofatliroq ko‘rinish uchun sochlari kaltalanadi yoki olib tashlanadi.

Yamanlik ayollar

Foto: East News

Yamanda ayollar kamdan-kam hollarda yuzini ochib yuradi va ko‘pincha faqatgina ko‘zlarini ko‘rish mumkin bo‘ladi. Shu sabab ham ularga o‘tli nigoh xos sanaladi. Yashash joyiga qarab ayollar ko‘rinishi farq qilishi mumkin. Masalan, mamlakat shimolidagi ayollar teri va ko‘zlari rangi ochroq janubdagilarda esa teri va ko‘z rangi to‘qroq bo‘ladi.

Afar ayollari

Foto: East News

Afar ayollari ham an’analarini saqlab qolishga harakat qiladi. Ayollar sochini mayda qilib o‘rab, biser yoki munchoqlardan taqinchoq yoki aksessuarlar taqadi. Ulardan ayrimlarining yuzida kelib chiqishi va ijtimoiy statusni bildiradigan taturiovkani ko‘rish mumkin.

Nepallik ayollar

Foto: East News

Hindiston bilan qo‘shni ekaniga qaramay Nepallik ayollarning ko‘rinishi hindlarnikidan farq qiladi. Ularning teri rangi ochroq va ko‘zlari boshqacharoq bo‘ladi. An’anaga ko‘ra Nepalda ham to‘ladan kelgan ayollar qadrlanadi. Yoshroq avlodlar mazkur standartni inkor qilishiga qaramay, katta yoshdagilar o‘z qarashlariga sodiq hisoblanadi.

Tibetlik ayollari

Foto: East News

Tibetlik ayollar nafaqat go‘zalligi balki salomatligi bilan ham boshqalardan farq qiladi. Butun dunyoga mashhur bo‘lgan Tibet tibbiyoti mahalliy qiz va ayollarning tishlari oq, sochlari sog‘lom va terisi tiniq bo‘lishiga yordam beradi. Ayollar tomonidan tilla, kumush va toshlardan yasalgan taqinchoq taqiladi.

Boliviya ayollari

Foto: East News

Boliviya ayollari jozibali tabassumi va o‘ziga xos liboslari bilan mashhur. Hatto kundalik turmushda ham mahalliy ayollar milliy liboslar — shlyapa, qavat-qavat yupka, va manta deb nomlangan yopqich kiyishni afzal biladi. Ayollar sochini qalin qilib o‘rashi unga mex va munchoqli taqinchoq taqishiga guvoh bo‘lish mumkin.