Boks bo‘yicha to‘rtta divizion sobiq chempioni Roy Jons og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Mayk Taysonga qarshi kechgan jangdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Foto: Getty Images
“Hakamlar qaroriga qo‘shilmayman. Men Taysonni yutgandim.
Albatta, zarbalarni his qildim, ayniqsa tanaga yo‘llanganlarini, biroq men yaxshiroq edim”, — deydi Roy Jons.
Mayk Tayson — Roy Jons to‘qnashuvi videosini ko‘rish — video
Eslatib o‘tamiz, Toshkent vaqti bilan 29-noyabr tongida Los-Anjelesda afsonaviy bokschilar o‘rtasida ko‘rgazmali jang o‘tkazildi. 8 raund davom etgan bellashuvda durang natija qayd etildi.
Avvalroq zarbalar statistikasiga ko‘ra Tayson raqibini yaqqol ustunlik bilan ortda qoldirgani ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga doir: Mayk Tayson: “Roy Jonsni mag‘lub etdim deb o‘ylayman”