Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi sovuq qurol olib yurish uchun javobgarlik belgilangan kundan boshlab rasmiylashtirilgan bayonnomalar soni bo‘yicha ma’lumot berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ma’lum qilinishicha, Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 5-noyabr kuni “Jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir qonun hujjatlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonunga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga 185-2 va 185-3-moddalari kiritildi. Mazkur moddalar bilan sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan buyumlarni olib yurish va ularning O‘zbekiston hududidagi savdosi uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.

Jamoat joylarida sovuq qurol olib yurish uchun javobgarlik joriy qilish to‘g‘risidagi qonun imzolangan kundan boshlab Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan 122 ta pichoq olib yurish bilan bog‘liq fakt qayd etilgan, shulardan 63 tasi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Qayd etilishicha, holatlardan 47 tasi bo‘yicha 185-2-modda (sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish), 16 ta bayonnoma – 185-3-moddaga (O‘zbekiston hududida fuqaroviy va xizmat quroli sifatida muomalada bo‘lishi taqiqlangan ashyolarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishi) muvofiq rasmiylashtirilgan.

Sud organlari tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlikda aybdor deb topilgan 59 nafar fuqaroga nisbatan jarima belgilangan, to‘rt nafar fuqarolar ma’muriy qamoqqa olingan.

Avvalroq Toshkentda avtosaroylardan birida chiptachi avtobus haydovchisiga pichoq tiqib olgani, Namanganda 16 yoshli bola sevgan qiziga SMS yuborgani uchun o‘zidan bir yosh katta bolani pichoqlab o‘ldirib qo‘ygani hamda  Asakada 25 yoshli yigit tengdoshini pichoqlagani haqida xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Vafotidan keyin taqdirlangan Tupak Shakur, Isroil armiyasiga tosh otayotgan falastinlik, pichoqlangan bolalar — 8-iyun suratlari
Qozog‘iston
Qozog‘istonda odamlar orasida Sibir yarasi aniqlandi
Dunyo
BMT Falastinda sodir etilgan urush jinoyatlari uchun Isroilni aybdor deb topdi