• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda sakkiz oyda o‘tkir tig‘li predmetlardan foydalangan holda 542 ta jinoyat sodir etilgan, shundan 168 tasi qotillik

    Senatning sakkizinchi yalpi majlisida jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir qonun hujjatlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama markazida bo‘ldi.

    Foto: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

    Foto: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

    Ta’kidlanishicha, jamoat xavfsizligini ta’minlashda bir qator salbiy voqealarning yuz berayotgani, jumladan, bugungi kunda fuqarolar, ayniqsa, yoshlar orasida pichoq va boshqa sovuq qurollarni olib yurish, o‘zaro janjal vaqtida mazkur ashyolar bilan qo‘rqitish yoki ularni qo‘llash kabi harakatlar ko‘plab uchramoqda.

    Misol uchun, 2017–2019 yillarda 10065 ta sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan predmet, shundan 6835 tasi, ya’ni 68 foizi pichoq. 2020-yilning 6 oyida esa 14957 ta sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan predmet, shundan 12762 tasi yoki 85 foizi pichoq va qolgani boshqa turdagi predmetlari bo‘lgan.

    Foto: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

    Foto: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

    Mazkur predmetlarning 58 foizi ko‘chada, 22 foizi bozorlarda, 24 foizi ta’lim muassasalarida aniqlangan. Buning oqibatida esa birgina 2020-yilning 8 oyida aynan o‘tkir tig‘li predmetlardan foydalangan holda 542 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, shundan 168 tasi yoki 31 foizi qotillik, 289 tasi, ya’ni 53 foizi og‘ir tan jarohati yetkazish kabi salbiy holatlar yuz berishiga olib kelgan.

    Shu sababli jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 104 va 105-moddalarining ikkinchi qismidagi bandlar o‘zgartirilmoqda.

    Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 14, 245, 287-moddalari to‘ldirilib, kodeksga yangi 1852 va 1853-moddalar qo‘shilmoqda. 1852-moddaning birinchi qismida fuqarolar tomonidan jamoat joylarida, kasbiy faoliyatda, yoki sport faoliyatida yoki xo‘jalik-maishiy maqsadlarda sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ochiq holda (g‘ilofsiz) olib yurganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima jazosi belgilanmoqda.

    Foto: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

    Foto: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

    Ushbu moddaning ikkinchi qismida kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda, fuqaroviy qurolni, sovuq qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan, sport va xo‘jalik-maishiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan ashyolarni jamoat joylarida olib yurganlik uchun huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima jazosi belgilanmoqda.

    Bundan tashqari, “Qurol to‘g‘risida”gi qonunning 3 va  9-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Ya’ni sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan, sport va xo‘jalik-maishiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan ashyolar deganda jismoniy kuch ishlatish natijasida odamning sog‘ligi va hayotiga zarar yetkazishi yoki o‘limiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xo‘jalik-maishiy va kasbiy maqsadlarda, ishlab chiqarish sanoati hamda sport faoliyatida foydalaniladigan tig‘li, kesuvchan va boshqa ashyolar, pichoqlar va boshqa tig‘li ashyolar, beysbol bitalari, softbol o‘yini uchun bitalar – chillaklarni nazarda tutuvchi tushuncha kiritilmoqda.

    Foto: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

    Foto: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati

    Shuningdek, sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ulardan kasbiy faoliyatda, sport faoliyatida yoki xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan hollarda, shu jumladan, shahar transportida, shahar atrofiga qatnovchi, shaharlararo va xalqaro transportda, jamoat joylarida, ochiq (g‘ilofsiz) holda olib yurishni taqiqlovchi norma kiritilmoqda.  Senatorlar tomonidan mazkur qonun ma’qullandi.

    Mavzuga doir:

    • Qoraqalpog‘iston rahbari Murat Kamalov O‘zbekiston Senati raisi o‘rinbosari etib saylandi
    • Prezident farmoni bilan Boriy Alixonov va Narimon Umarov senator etib tayinlandi

    21.10.2020, 15:11   Izoh (0)   10226
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Noqonuniy ov qilgani uchun ushlangan Tuproqqal’a tumani hokimi o‘rinbosari o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatildi

    21.10.2020, 14:57

    O‘zbekistonda epidemiya qoidalarini buzib harakatlanayotgan transportlarni ushlab turish tartibi joriy etiladi

    21.10.2020, 14:23

    O‘zbekistonda 2020-yilning o‘tgan davrida ichki ishlar organlarining 11 xodimi qiynoqqa solish bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblangan

    21.10.2020, 14:10

    Tanzila Norboyeva: “Deyarli har kuni budjet mablag‘larining noo‘rin sarflanishi bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilmoqda”

    21.10.2020, 13:35

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Rustam Shodiyev 82 yoshida vafot etdi

    21.10.2020, 13:12

    O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida portlash bo‘lishi haqida yolg‘on xabar bergan fuqaro aniqlandi

    21.10.2020, 12:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shomurodov kelajagi borasida qaror qabul qildi — Romapress

    Sport | 3 iyul, 09:55

    “Kalmar o‘yini”ning uchinchi mavsumi Netflix’da rekord o‘rnatdi

    Kino | 3 iyul, 09:51

    Bali qirg‘oqlari yaqinida 65 kishi bo‘lgan parom cho‘kib ketdi

    Dunyo | 3 iyul, 09:48

    O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 800 mln so‘mdan ortiqqa sotildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 09:45

    USAID’ning faoliyati butunlay tugatildi

    Dunyo | 3 iyul, 09:06

    Hansi Flik “Barselona” rahbariyatiga ikki futbolchini “sotilmaydigan” deb e’lon qilgan

    Sport | 3 iyul, 09:03

    AQSH Isroilga bunkerga qarshi bombalar yetkazib bermoqchi

    Dunyo | 3 iyul, 08:34

    O‘zbekistonda avtomobil ta’miri xizmatlariga talab eng yuqori bo‘lgan hudud aniqlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 00:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.