Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-noyabr kuni Toshkent shahrida yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirishga oid konsepsiya taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent ko‘chalarida yuklama ko‘p, yo‘l harakatini tartibga solishda kamchiliklar yetarli. Transport vositalari tirbandligi yildan yilga ortib bormoqda. Shu bois davlat rahbari Toshkent shahrida jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Tahlillar asosida Toshkent shahrida yo‘l infratuzilmasi va jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha bosh rejaning dastlabki loyihasi ishlab chiqildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Taqdimotda mutasaddilarga Toshkent shahar jamoat transportini yagona tizim asosida tartibga solish, moliyalashtirish va tabaqalashgan tariflarni belgilash bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.

Tirbandlik kuzatilayotgan ko‘p qatorli yo‘llarning bir qismini jamoat transporti uchun ajratish, markaziy ko‘chalarda parkomatlar tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, piyodalar va velosipedlar yo‘lakchalarini ko‘paytirish muhimligi qayd etildi.

Jamoat transporti tizimining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalasiga ham e’tibor qaratildi.

Toshkentdagi tajriba asosida boshqa shaharlarda ham yo‘l-transport tizimini qayta ko‘rib chiqib, markaziy ko‘chalarni namunaviy tarzda o‘zgartirish, xususan, Samarqandda jamoat transportini optimallashtirish, aholi va turistlar uchun qulay sharoit yaratish vazifasi qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 18-noyabr kuni yog‘gan qor natijasida Toshkent shahrining mashinalar oqimi katta bo‘lgan ko‘chalarida tirbandliklar yuzaga keldi. Tushdan keyin boshlangan va “Yandeks.Tirbandliklar” ilovasi 10 balli deb baholagan noqulayliklar kechki tig‘iz payt vaqtida ham kuzatilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi