Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindistonning Rajastxan shtatida qirollik kobrasi koronavirusga ikkinchi bor chalingan britaniyalikni chaqib oldi, deb xabar beradi Daily Mail.

Foto: Daily Mail

Foto: Daily Mail

Ien Jons Hindistonga bir necha oy oldin kambag‘al hindlarga yordam beradigan xayriya tashkilotida ishlash uchun kelgan. Mart oyida u birinchi bor koronavirusga chalingan. Bundan tashqari, erkak tropik va Denge bezgaklarini ham boshidan o‘tkazgan.

Ilon Jonsga u ikkinchi bor koronavirusga chalinganida hujum qilgan. Kobra chaqqanidan so‘ng, britaniyalik shol bo‘lib, hech narsani ko‘rmay qolgan. Shundan buyon erkak Jodxpur shahridagi kasalxonaning intensiv terapiyada bo‘limida qolmoqda.

Qirollik kobrasi sayyoradagi eng yirik zaharli ilonlardan biri hisoblanadi. Ularning zahri nafas olish mushaklarida falajni yuzaga keltirib, nafas olishni to‘xtatadi. Ilon chaqqanidan 15 daqiqa o‘tib, inson halok bo‘lishi mumkin. Tabiatda qirollik kobralari boshqa turdagi ilonlar bilan oziqlanadi va uch oygacha och yashay oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Metan zapravkalarda inqiroz — dushanba og‘ir o‘tadi, va’da va’daligicha qoldi
Sport
JCH—2022. Angliya Senegalni yirik hisobda yengib, chorak finalga yo‘l oldi
Mahalliy
O‘zbekistonda talabalar va ularning ota-onalari uchun qanday soliq imtiyozlari bor?