AQShning Florida shtatida shaqildoq ilon uni o‘pmoqchi bo‘lgan erkakni tishlab oldi. Bu haqda “Mynews13.com” sayti ma’lum qildi

Foto: Trend

Fot0: Trend

Do‘stining jurnalistlarga bildirishicha, erkak mast bo‘lgan.

U zaharli ilonni qo‘liga oldi va o‘pish uchun engashdi. Ilon xotirjam ko‘ringandi, biroq erkak unga boshini yaqinlashtirganda, tilini chaqib oldi. 

Vertolyot jabrdiydani kasalxonaga yetkazdi. U og‘ir holatda ekanligi aytilmoqda.