FIFA matbuot xizmati The Best mukofoti 2020-yilda topshirilishini rasman tasdiqladi.

Foto: Google Images

Tashkilotning ma’lum qilishicha, marosim koronavirus pandemiyasi sabab virtual shaklda o‘tadi. Ushbu onlayn marosim 17-dekabr kuni o‘tkaziladi.

Avvalroq xabar berilganidek, ovoz berish jarayonlari 25-noyabrdan 9-dekabrga qadar davom etadi.

Sovrin 2019/20-yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha yilning eng yaxshi erkak va ayol futbolchisi, shuningdek, eng yaxshi murabbiylarga topshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq France Football koronavirus sabab “Oltin to‘p” sovrini 2020-yilda topshirilmasligini ma’lum qilgandi. Shuningdek, FIFA ham pandemiya tufayli The Best sovrinini topshirmasligi xabar qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!