Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 21-noyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter

“Bavariya” o‘z maydonida “Verder”ni qabul qildi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Maksimilian Eggeshtayn mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Bunga maydon egalari 62-daqiqada Kingsli Komanning goli bilan javob qaytardi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

“Bavariya” ushbu natijadan keyin 19 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi. Bremenliklar (11) esa 9-pog‘onaga ko‘tarildi.

Myunxengladbaxning “Borussiya”si o‘z uyida “Augsburg” bilan o‘ynadi va so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborgan holda, g‘alabani qo‘ldan chiqardi. “Bayer” esa aksincha, 88-daqiqadagi gol evaziga uch ochkolik bo‘ldi.

Bundesliga

8-tur bahslari

21-noyabr, shanba

“Bavariya” — “Verder” 1:1

Gollar: 0:1 – 45 Eggeshtayn, 1:1 – 62 Koman.

“Bavariya”: Noyer, Alaba, Lyuka Ernandes (Goretska, 19), Pavar, Boateng, Duglas Kosta (Sane, 63), Musiala (Shupo-Moting, 63), Myuller, Xavi Martines, Koman (Gnabri, 63), Levandovski.

“Verder”: Pavlenka, Fridl, Toprak, Gebre Selassiye, Gross, Bitenkur (Agu, 66), Eggeshtayn, Rashitsa (Chong, 90), Mevald (Mbom, 72), Augustinsson, Sarjent.

Ogohlantirishlar: Pavar (15), Bitenkur (32), Augustinsson (43), Pavlenka (90).

“Borussiya M” — “Augsburg” 1:1

Gollar: 1:0 – 5 Noyxaus, 1:1 – 88 Kalijuri.

“Arminiya” — “Bayer” 1:2

Gollar: 0:1 – 27 Beyli, 1:1 – 47, avtogol Gradetski, 1:2 – 88 Dragovich.

“Hoffenhaym” — “Shtutgart” 3:3

Gollar: 1:0 – 16 Baumgartner, 1:1 – 18 Gonsales, 1:2 – 27 Vamangituka, 2:2 – 47 Sessenon, 3:2 – 71, penalti Kramarich, 3:3 – 90+3 Kempf.

“Shalke-04” — “Volfsburg” 0:2

Gollar: 0:1 – 3 Vegorst, 0:2 – 24 Shlager.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!