Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Paxtakor” jamoasi Superliga 2020-yilgi mavsumi tugashiga uch tur qolganda chempionlik masalasini hal qildi.

Foto: “Paxtakor” FK

Foto: “Paxtakor” FK

“Sherlar”ning eng yaqin ta’qibchisi “Nasaf” Coca-Cola Superliga 23-turida “So‘g‘diyona”ga yutqazib qo‘ydi (1:3) va bu orqali Toshkent klubiga yetib olish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi. Bundan tashqari, “Paxtakor” 23-tur o‘yinini ham g‘alaba bilan yakunladi.

Shu tariqa Shota Arveladze qo‘l ostidagi jamoa ketma-ket ikkinchi yili va o‘z tarixida 13-marta mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi.

Bundan avval “Paxtakor” 1992, 1998, 2002—2007, 2012, 2014, 2015, 2019-yillarda O‘zbekiston chempionati g‘olibiga aylangandi. Bu chempionat rekordi hisoblanadi.

Shu tariqa “Paxtakor” Osiyo Chempionlar Ligasining 2021-yilgi mavsumi guruh bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oladigan bo‘ldi. 2020-yilgi mavsumda jamoa chorak finalga qadar yetib borgandi.

Arveladze shogirdlarining keyingi o‘yinlari “Nasaf”, “Lokomotiv” va “Andijon”ga qarshi bo‘ladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda qancha pedagog faoliyat yuritayotgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Ikki milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijda mehnat qilib, daromad topmoqda” — Mehnat vaziri
Maslahatlar
Qo‘llardan piyoz, sarimsoq va baliq hidini ketkazishning 10 usuli