• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Antik Rimning so‘nggi hukmdori. Qullikdan chiqqan imperator Diokletian tarixi

    Milodiy 284-yilning 20-noyabr kuni Rim taxtiga imperator Diokletian o‘tirdi. Uning hukmronlik davri esa qonli voqealarga juda boy bo‘ldi. “Daryo” sana munosabati bilan Rim tarixidagi qullikdan chiqqan imperatorning hukmronlik yillari haqida hikoya qiladi.

    Qulning nabirasi

    Bo‘lajak Rim imperatori Diokletian 245-yilda tug‘ilgan va unga Diokl ismi berilgan edi. Aslida, u qulning nabirasi edi, lekin tez orada bu uddaburon yigit ajoyib harbiy karyera qilishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, Rim imperiyasining bir chetidan ikkinchi chetigacha olib borilgan harbiy yurishlar bo‘lajak hukmdorga mamlakat bilan yaqindan tanishishga imkon berdi. U imperator Kar qo‘l ostida qo‘shin qo‘mondoni darajasiga ko‘tarildi. Afsonalarga ko‘ra, Diokl Galliyada bo‘lib turganida bir druid ayol uning taqdirini bashorat qiladi: agar u to‘ng‘izni o‘ldirsa, imperatorga aylanadi...

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Diokl bu ayolga qattiq ishondi va o‘sha paytdan beri ko‘plab to‘ng‘izlarni o‘ldirdi, biroq hokimiyat uning qo‘liga o‘tavermadi. Keyin kutilmaganda imperator Kar vafot etdi va uning o‘g‘li Numerian xos soqchilar boshlig‘i Arrius Aper tomonidan o‘ldirildi. Dioklga sodiq qo‘shin askarlari esa Aperni kishanlab, uni imperator deb e’lon qildi. Diokl qo‘shinlar oldida Aperni shaxsan o‘zi qilich bilan o‘ldirdi va afsonaga ko‘ra: “Men to‘ng‘izni o‘ldirdim” (lotincha “aper” – to‘ng‘iz), deya xitob qildi. 284-yil 20-noyabrda u Rim imperatori bo‘ldi va o‘zi uchun Diokletian ismini oldi.

    Imperator Diokletian

    Uning taxtga kelishi bilan imperiyada yangi davr boshlandi. Endi barcha hokimiyat imperator qo‘lida to‘plangan edi, uning hokimiyati nafaqat de-fakto, balki de-yure ham hech narsa bilan cheklanmagan edi. Bu mutlaq monarxiya edi. Mamlakatda qanday martabaga ega bo‘lishidan qat’iy nazar, na senat va na boshqa bir imperiya aholisi imperatorni cheklay olardi. Uning bir o‘zi barcha qonunlardan ustun turadigan kuch manbayi edi. Diokletian imperiyaning birligini tikladi va do‘sti Maksimianni o‘ziga yordamchi qilib olib, unga ham Sezar unvonini berdi. Ular birgalikda imperiyani himoya qildi va qo‘zg‘olonlarni bostirdi.

    Tetrarxiya

    291-yilga kelib, imperator bunday katta mamlakatni ikki kishi samarali boshqarishi mumkin emas, degan xulosaga keldi. Yana ikkita Sezar tayinlashga qaror qilindi. Imperator o‘z tanlovini Konstansiy Xlor va Galeriy Maksimianlarda to‘xtatdi. Ular o‘zlarining ittifoqlarini qarindoshlik munosabatlari bilan mustahkamlashga qaror qildi: Konstansiy o‘z xotinidan ajrashdi va Maksimianing o‘gay qiziga uylandi, shuningdek, Galeriy ham o‘z xotini bilan ajrashgandan so‘ng Diokletianning qiziga uylandi. Ular imperiyani o‘zaro taqsimlab oldi, ammo baribir Diokletian hali ham hukumat boshida edi. Rim imperatori tomonidan joriy qilingan to‘rt rahbarli hukumat tizimi tetrarxiya deb nomlandi.

    Xristianlarning ta’qib qilinishi

    Diokletianning hukmronligi nasroniylarni shafqatsiz ta’qib qilish bilan yodda qoldi. Haligacha tarixchilar o‘rtasida bu ishlar kimning tashabbusi bilan amalga oshirilgani to‘g‘risida tortishuvlar mavjud. Ba’zilar bu Galeriyning qarori deb o‘ylashga moyillik bildiradi. Chunki Galeriy ashaddiy butparast edi, uning onasi ham butparastlar ruhoniysi bo‘lgan va nasroniylardan nafratlangan edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Boshqalar bu qarorni Diokletianning o‘ziga tegishli deb hisobladi. Sezar Rim xudolari yordamida o‘z imperiyasining butunligini saqlab qolmoqchi edi. Qadimgi Rimda din nafaqat xudolar bilan aloqa qilish vositasi, balki shartnoma munosabatlari ham edi. Ularning dini, agar xudolarga ular xohlagan narsani (qurbonlik) bersangiz, ular ham o‘z navbatida shartnomaning o‘ziga tegishli qismini bajaradi, degan fikrga asoslangandi. Shuning uchun ham barcha marosimlarni o‘tkazish va qurbonlik qilish juda muhim edi.

    Bundan tashqari, din hukumatga o‘z sadoqatini ifoda etish usuliga aylandi. Diokletian konservativ va an’anaviy Rim kultining tarafdori edi, u hatto o‘ziga Yupiter ismini oldi, Maksimian esa Gerkules ismini. Xudolar va imperator o‘rtasidagi bog‘liqlik uning oliy hokimiyat huquqini qonuniylashtirdi. Shuningdek, imperator eski dinga yangi hayot nafasini olib kirishga intildi, shunga qaramay, mamlakatda xristianlar va ularning izdoshlari doimiy ravishda o‘sib bordi. Imperator ularda mamlakat birligiga tahdidni ko‘rdi, shuning uchun 303-yilda Buyuk ta’qiblar boshlandi.

    Diokletian farmon e’lon qildi, unga ko‘ra, xristianlar amalda o‘z huquqlaridan mahrum etildi va “fuqaro bo‘lmaganlar” toifasiga aylandi: cherkovlar vayron qilindi, kitoblar tortib olindi, xristianlarni qiynoqqa solishga ruxsat etildi, o‘z lavozimlaridan mahrum qilindi, hattoki himoya so‘rab sudga murojaat qilish ham taqiqlandi. Biroq avvalgi ta’qiblardan farqli o‘laroq, endi Rim jamiyati nasroniylar siymosida avvalgidek tahdid ko‘rmasdi. Imperiya bir necha qismlarga bo‘lingani sababli ta’qiblar ham turli mintaqalarda turlicha amalga oshirildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Diokletian hukmron bo‘lgan hududlarda amalga oshirilgan shafqatsizliklar hamma joyda ham hukm surmadi. Ko‘pgina boshqa hududlarda masihiylardan o‘z kitoblarini topshirish yoki qurbonlik qilish talablari xo‘jako‘rsinga bo‘ldi xolos. Masalan, ular butparastlikka oid yoki umuman boshqa biron bir kitobni topshirishlari mumkin edi, qurbonlik qilish majburiyati esa faqatgina o‘sha marosimda pishirilgan go‘sht bo‘lagini qo‘llariga olish zarurligi bilan cheklangandi. Biroq ko‘plab masihiylar, bilib-bilmay xiyla-nayrang qilishdan bosh tortdi va azob uqubatda o‘ldi. Vaqt o‘tishi bilan ta’qiblarning shiddati pasayib, jazo qonunlarining bekor qilinishi boshlandi.

    Yakun

    Diokletian 305-yilda taxtdan voz kechib, qishloqlarning birida karam yetishtiruvchi dehqon sifatida yashay boshladi. Sobiq imperator 313-yilda vafot etdi, Diokletian antik Rimning so‘nggi hukmdori edi, undan keyin Buyuk Imperator Konstantin hukmronligi boshlandi va bu Rim-Vizantiya imperiyasining eng gullagan oltin davrini boshlab berdi. Ammo bu endi umuman boshqa hikoya...

    Nurbek Alimov tayyorladi.

    20.11.2020, 20:58   Izoh (0)   62851
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Armaniston mudofaa, favqulodda vaziyatlar va mehnat vazirlari iste’foga chiqdi

    20.11.2020, 20:24

    Rossiyada yana 24 318 kishida COVID-19 qayd etildi. Bu sutka davomida kasallanganlar soni bo‘yicha yangi antirekord

    20.11.2020, 19:28

    Seulda koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlangani ma’lum qilindi

    20.11.2020, 16:23

    JSST COVID-19’ni davolash uchun “Remdesivir”ni qo‘llashga qarshi chiqdi. Tramp ham davolanish uchun shu dorini qabul qilgan edi

    20.11.2020, 15:10

    Senegalda o‘nlab baliqchilar ochiq okeanda noma’lum kasallikni yuqtirib oldi

    20.11.2020, 14:12

    Hindistonda koronavirusga chalinganlar 9 milliondan, Meksikada virus qurbonlari 100 ming kishidan oshdi

    20.11.2020, 13:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BMT ishchi guruhi Gulnora Karimova ordersiz hibsga olingani haqida xulosa chiqardi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 21:44

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00

    “Liverpul” Jotaning oilasiga futbolchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha maosh to‘lab boradi

    Sport | 5 iyul, 16:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.