Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Osiyoning bir qator terma jamoalari 17-noyabr, seshanba kuni o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etdi.

Foto: Twitter/@theKFA

Foto: Twitter/@theKFA

JCh—2022 saralash bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan Saudiya Arabistoni o‘z maydonida Yamaykani qabul qildi. Dastlab saudiyaliklar Abdulloh al-Hamdanning golidan keyin oldinga o‘tib oldi. Bunga mehmonlar Deniel Jonson va Yovan Istning gollari bilan javob qaytardi.

Qayd etish joiz, Saudiya Arabistoni 14-noyabr kuni ham Yamaykaga qarshi bahs olib borgan va unda 3:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgandi.

Janubiy Koreya va Qatar terma jamoalari Avstriyadagi yig‘in doirasida o‘zaro bahs yuritdi. Uchrashuvning ilk daqiqasidayoq Hvan Hi Chan koreyaliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 10-daqiqada Almoiz Ali muvozanatni tikladi.

36-daqiqada Hvan Ui Jo nominal mezbonlarning ikkinchi golini urdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston terma jamoasi Iroqqa ham yutqazdi

O‘rtoqlik uchrashuvlari

17-noyabr, chorshanba

Saudiya Arabistoni — Yamayka 1:2

Gollar: 1:0 – 29 al-Hamdan, 1:1 – 34 Jonson, 1:2 – 64 Ist.

Janubiy Koreya — Qatar 2:1

Gollar: 1:0 – 1 Hvan Hi Chan, 1:1 – 10 Almoiz Ali, 2:1 – 36 Hvan Ui Jo.

Bangladesh — Napal 0:0

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi