Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

PSJ klubi hujumchi Kilian Mbappe bilan amaldagi shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda, “Real” esa vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

21 yoshli fransiyalik futbolchining parijliklar bilan kelishuvi 2022-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Real” agar PSJ yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmasa, yozda futbolchini qo‘lga kiritishiga ishonchi komil.

Madridliklar transfer taxminan 180 million yevroga aylanishini kutmoqda.

AS xabariga ko‘ra, Mbappe uch marta PSJning yangi bitim borasidagi taklifini rad etgan. Futbolchi tovon puli haqidagi band kiritilgan taqdirdagina yangi shartnomani imzolashi mumkin.

Bu qadam “Real” uchun muammo tug‘dirishi mumkin, sababi tovon puli “qaymoqranglilar” mo‘ljalidagi 180 million yevrodan ancha ko‘p bo‘lishi aniq.

Avvalroq PSJ Kilian uchun umumiy 150 million maoshga ega 5 yillik bitim taklif qilgani xabar qilingandi.

Mbappe Liga 1 2020/21-yilgi mavsumida oltita o‘yin o‘tkazib, 7 gol va to‘rtta golli uzatma muallifiga aylandi. Ayni damda futbolchi jarohatini tiklash bilan band.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi