“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan “Yuventus”ga qarshi bahsda (2:2) golli uzatmani amalga oshirdi.

Foto: Twitter

Argentinalik futbolchi uchun bu musobaqadagi 35-golli uzatma bo‘ldi. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha faqat “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu undan yaxshiroq natija qayd etgan. Portugaliyalikning hisobida 38 ta golli uzatma bor.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu koronavirusdan sog‘aymagani tufayli mazkur uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmadi.

Messi 1-tur doirasida o‘tkazilgan Vengriyaning “Ferensvarosh” klubiga qarshi o‘yinda ham golli pasga mualliflik qilgandi.