Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Olimlar intellektual qobiliyatning yomonlashuvi koronavirusning uzoq muddatli asoratlaridan biriga aylanishi mumkinligini aniqladi. Bu boradagi tegishli tadqiqotlar medRxiv portalida e’lon qilindi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Londondagi Imperial kolleji neyrofiziklari koronavirus bilan kasallangan 84 mingdan ortiq britaniyalik ustida tadqiqot o‘tkazdi. Ular xotiraning mustahkamligi va kognitiv imkoniyatlarni sinash maqsadida onlayn-testdan o‘tgan. Olingan natijalar Buyuk Britaniyaning istalgan fuqarosi o‘zining intellektini tekshirishi mumkin bo‘lgan Great British Intelligence Test loyihasi ma’lumotlari bilan solishtirilgan.

Natijalarni tahlil qilish davomida mutaxassislar yosh, jins, ta’lim darajasi, ish faoliyati va surunkali kasalliklar mavjudligi kabi omillarni hisobga olgan. Testning yakuniy natijalariga ko‘ra, COVID-19’ning og‘ir shakli bilan og‘rigan bemorlar aqliy salohiyat bo‘yicha Buyuk Britaniyaning 65 foiz aholisidan ortda qolgan.

“O‘tkazilgan tahlillar koronavirusdan sog‘aygan insonlarda kognitiv va ijro etuvchi funksiyaning ko‘p jihatlarida muammolar kuzatilishi to‘g‘risidagi gipotezaga isbot bo‘la oladi”, — deydi tadqiqot rahbari Adam Xempshir.

Avvalroq olimlar koronavirusga antitanalar vaqt o‘tishi bilan kamayishini aniqlab, bu ularning qayta kasallanishi mumkinligini bildirishini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi