Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliganing 20-turida “Bunyodkor” 22-oktabr, payshanba kuni “Andijon”ni qabul qildi.

Foto: “Bunyodkor” FK

Birinchi bo‘limning o‘zida “qaldirg‘ochlar” andijonliklar darvozasini uch bor aniq nishonga oldi. Muhammadodil Qahramonov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev va Xurshid G‘iyosovning gollariga mehmonlar Shahboz Jumaboyevning aniq zarbasi bilan javob qaytardi.

Ikkinchi bo‘limda ham xuddi shu ssenariy takrorlandi. Toshkentliklar safida Shahboz Erkinov, Nurillo To‘xtasinov va Lutfulla To‘rayev o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, “Andijon” safida Doniyor Abdumannopov to‘p kiritdi.

Ushbu g‘alabadan keyin Vadim Abramov jamoasining ochkolari 32 taga yetdi va jamoa 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Andijon” (12) esa 12-pog‘onada bormoqda.

Coca-Cola Superliga

20-tur bahsi

22-oktabr, payshanba

“Bunyodkor” — “Andijon” 6:2

Gollar: 1:0 – 3 Qahramonov, 2:0 – 6 Yo‘ldoshev, 2:1 – 9 Jumaboyev, 3:1 – 12 G‘iyosov, 4:1 – 48 Erkinov, 5:1 – 67 To‘xtasinov, 6:1 – 77 To‘rayev, 6:2 – 90 Abdumannopov.

“Bunyodkor”: Sarvar Karimov, Davronjon Ergashev, Ibrohimhalil Yuldashev (Ulug‘bek Abdullayev, 46), Xurshid G‘iyosov (Mirjahon Mirahmadov, 76), Rasul Yo‘ldoshev, Lutfulla To‘rayev, Nurillo To‘xtasinov (Valeriy Akopov, 71), Abdulla Abdullayev, Suhrob Izzatov (Sanjar Qodirqulov, 46), Muhammadodil Qahramonov, Shahboz Erkinov (Vladislav Nuriyev, 71).

“Andijon”: Eldor Adhamov (Aslonbek Ahrorov, 61), Azamat Isroilov, Xushnudbek Avilov (Muhammadali Tursunov, 80), Baxtiyor Qosimov, Farhod Bekmuratov (Nodir Mavlonov, 67), Siroj Meliyev, Abdullo Olimov, Usmonali Ismonaliyev, Muhammadali Yo‘ldoshev (Rustamjon Qo‘chqorov, 61), Doniyor Abdumannopov, Shahboz Jumaboyev (Jamshid Homidov, 80).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!