A-373 avtomobil yo‘lidan o‘tgan Qamchiq dovonida 22-oktabr soat 11:45 da qor yog‘ayotgani qayd etildi, deya xabar bermoqda YHXBB.

Foto: “Pv.uz”

Shu munosabat bilan YHXBB barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini, transport vositasi tezligini me’yoridan oshirmasdan boshqarishlarini so‘ragan.

Avvalroq Zominda birinchi qor yog‘gani xabar qilingandi.