Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yangi Zelandiya Leyboristlar partiyasi 17-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda The Guardian. Partiya rahbari bo‘lgan mamlakatning amaldagi bosh vaziri Jasinda Ardern ikkinchi muddatga lavozimida qoladi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

“Ardernning COVID-19 epidemiyasi bilan kurashishdagi mohirona rahbarligi, ilm-fan va mutaxassislarga bo‘lgan ishonchi muddatidan avval rekord miqdorda ovoz bergan yangi zelandiyaliklarning ishonchini qozondi. Bu uning partiyasiga so‘nggi 50 yilda boshqa partiyalarga qaraganda ko‘proq ovoz olish imkonini berdi”, — deb yozadi nashr.

Leyboristlar 49 foiz, muxolifatchi Milliy partiya esa 27 foiz ovoz olgan. Bu ko‘rsatkich Leyboristlar partiyasiga bir palatali parlamentda 120 o‘rindan 64 o‘rinni egallash imkonini beradi.

Saylov natijalari e’lon qilingach Jasinda Ardern o‘z tarafdorlariga qarata murojaat bilan chiqib, “kuchli mandat” uchun saylovchilarga minnatdorchilik bildirdi. U saylovlar “albatta, ziddiyat keltirib chiqarishi shart emasligi”ni ta’kidlab, hamkorlik va ijobiy asosda boshqarishga va’da berdi.

40 yoshli Jasinda Ardern Yangi Zelandiya bosh vaziri lavozimini 2017-yilning oktabridan buyon egallab kelmoqda. U inqirozga, shu jumladan, 2019-yilning martida Kraystchyorch shahridagi masjidlarga uyushtirilgan hujum va COVID-19 epidemiyasiga qarshi chora ko‘rgani uchun mamlakatda va xorijda maqtovga sazovor bo‘lgan. Jons Hopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, Yangi Zelandiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 2000 nafardan kam.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda