Daryo

Oltinko‘l tumani hokimi Nazirjon O‘rinboyev vafot etdi

29-sentabr kuni pnevmoniyadan davolanayotgan Xonobod shahri hokimi Musaxon Mamadaliyev o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan edi

1 daqiqa o‘qish109 266 ko‘rishlar0 izoh0
Nazirjon O‘rinboyev. Foto: Andijon viloyati hokimligi

Andijon viloyati Oltinko‘l tumani hokimi 54 yoshli Nazirjon O‘rinboyev 7-oktyabr kuni vafot etdi. “Daryo” manbasining so‘zlariga ko‘ra, hokim pnevmoniya kasalligi asoratlari va o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Nazirjon O‘rinboyev.Foto: Andijon viloyati hokimligi

Nazirjon O‘rinboyev 1966-yilda Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1989-yil Andijon davlat pedagogika institutini tamomlagan. Mahalliy ichki ishlar tizimida xizmat qilgan, xususan, 2014—2017-yillarda Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklarning oldini olish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

O‘rinboyev Oltinko‘l tumaniga hokim etib tayinlanguniga qadar qadar Andijon viloyati “Agroservis MTP” kompaniyasi raisining o‘rinbosari sifatida ishlagan. U 2018-yil 20-oktabrida Oltinko‘l tumaniga hokim etib tayinlangan edi.

29-sentabr kuni pnevmoniyadan davolanayotgan Xonobod shahri hokimi Musaxon Mamadaliyev o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan edi. Sentabr oyi o‘rtalarida Andijon viloyatida to‘rtta hokim – Xonobod shahri va Oltinko‘l tumani hokimlaridan tashqari, Paxtaobod va Shahrixon tumanlari rahbarlari ham pnevmoniyadan davolanayotgani haqida xabar berilgan edi.

Pandemiya davrida vafot etgan rahbarlar

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar