Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 5-turida PSJ 27-sentabr, yakshanba kuni “Reyms” mehmoni bo‘ldi.

Foto: Twitter

Uchrashuvning 9-daqiqasida Mauro Ikardi parijliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 62-daqiqada argentinalik futbolchi dublini nishonlagan holda yakuniy hisobni o‘rnatdi.

“Lion” kutilmaganda mavsum debyutanti bilan durang o‘ynab qo‘ydi. “Monako” esa gollarga boy bo‘lgan bahsda “Strasburg”dan ustun keldi.

5-turdan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Foto: Liga 1

Liga 1

5-tur bahslari

27-sentabr, yakshanba

“Reyms” — PSJ 0:2

Gollar: 0:1 – 9 Ikardi, 0:2 – 62 Ikardi.

“Reyms”: Raykovich, Maresich, Abdulhamid, Konan, Foke, Berisha, Kassama (Hornbi, 81), Shavaleren, Mbuku (Zeneli, 65), Donis (Dia, 58), Ture (Kutesa, 65).

PSJ: Navas, Kimpembe (Diallo, 85), Florensi, Bakker, Markinyos, Paredes (Verratti, 68), Draksler (Errera, 68), Di Mariya (Ruis-Atil, 78), Neymar, Ikardi (Sarabiya, 78), Mbappe.

Ogohlantirishlar: Kassama (35), Draksler (51), Foke (73), Markinyos (90).

“Loryan” — “Lion” 1:1

Gollar: 1:0 – 63 Vissa, 1:1 – 74 Dyubua.

“Bordo” — “Nitssa” 0:0

“Nim” — “Lans” 1:1

Gollar: 0:1 – 34 Ganago, 1:1 – 87 Ferxat.

“Monako” — “Strasbur” 3:2

Gollar: 1:0 – 9 Ben-Yedder, 2:0 – 45 Agilyar, 2:1 – 46 Shaxiri, 3:1 – 53 Ben-Yedder, 3:2 – 70, penalti Ajork.

“Dijon” — “Monpelye” 2:2

Gollar: 1:0 – 8 Ebimbe, 1:1 – 50 Delor, 2:1 – 60 Ekyuel-Manga, 2:2 – 90, penalti Savanye.

“Anjer” — “Brest” 3:2

Gollar: 0:1 – 3, penalti Munye, 1:1 – 21 Tiub, 1:2 – 32 Sharbone, 2:2 – 78 Traore, 3:2 – 80 Fyuljeni.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!