Italiya chempionatining 2-turi doirasida o‘tkazilgan “Roma” — “Yuventus” uchrashuvida (2:2) Turin klubi darvozasi tomon penalti belgilandi.

Foto: Twitter

Opta’ning ma’lum qilishicha, 2019/20-yilgi mavsum boshidan beri Italiya chempionatida “Yuventus” darvozasiga 13-marta penalti belgilangan. Ligada boshqa hech bir jamoaga bunchalik ko‘p penalti belgilanmagan.

Qayd etish joiz, Turin klubi o‘tgan mavsumda o‘z tarixida 9-marta Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi. 2020/21-yilgi mavsumda esa jamoa 2-turdan keyin 4 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!