“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya La Ligasining 3-turidan o‘rin olgan “Vilyarreal”ga uchrashuvda (4:0) o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
Opta’ning yozishicha, Messi Ispaniya chempionati tarixida ketma-ket 17 mavsumda gol urgan 4-o‘yinchi bo‘lgan. Argentinalik futbolchidan tashqari, bunday natijani “Atletik” sobiq hujumchisi Agustin Gainsa (19 mavsumda gol urgan), “Real” sobiq hujumchisi Karlos Alonso (17) va ”qirollik klubi” himoyachisi Serxio Ramos (17) qayd etgan.
Ma’lumot o‘rnida, Messi o‘tgan mavsumda Ispaniya chempionatining 33 uchrashuvida maydonga tushib, 25 ta gol va 23 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
“Barselona” navbatdagi uchrashuvini 1-oktabr kuni “Selta”ga qarshi o‘tkazadi.
Izoh (0)