Saida Rametovaning vafoti bilan bog‘liq yolg‘on xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad Saida Rametova bilan muntazam aloqada bo‘lib turgan jurnalist Shohira Hamro bilan bog‘landi.

Foto: “Daryo”

‘O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Saida Rametova o‘ldi’ mazmunidagi barcha xabarlar yolg‘on. Ayni daqiqalarda ularning yonidan keldim. Hozir ikkinchi kimyo-terapiya boshlangan bo‘lib, ahvollari ham ancha yaxshi. Ushbu yolg‘on ma‘lumotlarni tarqatayotganlarga Alloh insof bersin, ilohim.

Shohira Hamro, jurnalist, teleboshlovchi 

Keyinroq ijtimoiy tarmoqlarda Saida Rametovaning videomurojaati paydo bo‘ldi. Unda aktrisa salomatligi uchun duo qilayotgan hamkasblari va muxlislariga minnatdorchilik bildirib, sog‘-omon ekanligini aytadi.

Ma’lumot uchun, Saida Rametovaning o‘g‘li Aziz Rametov sentabr oyining boshida bergan intervyusida onasining ahvoli yaxshi ekanligi va ilk muolajalar boshlangani haqida gapirib bergan edi.