Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Edvard Snouden “Shaxsiy ish” nomli kitobi nashr etilishidan va jamoat oldida chiqishlaridan tushgan 5 million dollardan ortiq pulni AQSh hukumatiga to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Foto: AFP

Foto: AFP

AQSh hukumati kitobning nashr etilishi Snouden Amerika razvedka xizmatlarida ishlagan paytida imzolagan maxfiylik to‘g‘risidagi kelishuvning buzilishiga sabab bo‘lganligini ta’kidlab, ushbu mablag‘larni undirishni sud orqali talab qilgan.

CNN’da qayd etilishicha, Snouden kitobdan 4,2 million dollar, bir necha o‘nlab chiqishlaridan yana 1,03 million dollar olgan. Ushbu chiqishlarda ham u maxfiylik to‘g‘risidagi kelishuvni buzgan.

AQShda maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilganligi uchun Snoudenni 30 yillik qamoq jazosi kutmoqda — 2013-yilda u Milliy xavfsizlik agentligi va Markaziy razvedka boshqarmasining Amerika fuqarolarini kuzatib borgan maxfiy dasturini ommaga oshkor qilgan. Hozirda Snouden Rossiyada yashaydi.

“Shaxsiy ish” kitobi 17-sentabrdan sotuvga chiqqan. Unda Snouden kuzatuv tizimi to‘g‘risida ommaga oshkor qilishiga nima undagani  haqida gapirib bergan.

Avvalroq Edvard Snouden Telegram’ni xavfli, deb atab, undan foydalanmaslikni tavsiya qilgani xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Italiyaning agrar sohaga oid universitetlari filiallari ochiladi
Dunyo
Rossiyada “Saroy to‘ntarishlari”ning boshlanishi, parvoz vaqtida portlab ketgan “Chellenjer” va general Vlasovning xoinligi. Kun xronologiyasida 28-yanvar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi