O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish sanoatida 2020-yilning 8 oyida 630 dona traktor va 573 dona kultivatorlar ishlab chiqarilgan, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Foto: UzReport

Qayd etilishicha, traktor va kultivatorlar ishlab chiqarish 2019-yilning mos davri bilan solishtirilganda traktor 35,9 foizga va kultivatorlar 56,8 foizga kamaygan.

Shuningdek, 2020-yilning so‘nggi ikki oyida traktor va kultivatorlar umuman ishlab chiqarilmagani ma’lum qilingan.

Eng yuqori ishlab chiqarish 2020-yilning aprel oyida kuzatilib, 234 dona traktor va 144 dona kultivatorlar ishlab chiqarilgan.

Avvalroq Toshkentda transformer shaklidagi paxta terish mashinalari namoyish etilgani xabar qilingandi.