Koronavirus pandemiyasi ko‘plab sohalar qatori dunyo futboliga ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazdi.

Foto: Twitter

Klub futbolining 2020-yildagi yo‘qotishlari 14 milliard dollarni tashkil qiladi, deya ma’lum qildi FIFAning pandemiyaga oqibatlari bilan kurashish qo‘mitasi rahbari Olli Ren.

Tashkilotning hisob-kitoblariga ko‘ra, klub futbolining umumiy qiymati 40—45 milliard dollarni tashkil qiladi. Shu tariqa zarar bozor umumiy ulushining 1/3 qismini tashkil qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, koronavirusdan Janubiy Amerika futboli juda katta zarar ko‘rgan. Shuningdek, FIFA Afrika va Osiyodagi holatdan ham xavotirda.

FIFA pandemiya oqibatlariga qarshi kurashish uchun 1,5 milliard dollar mablag‘ ajratdi. FIFAga a’zo 211 assotsiatsiyaning 150 tasi moliyaviy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!